Rossiyaliklar orasida xitoy tili tobora ommalaşib bormoqda: mamlakat aholisining 14 foizi uni örganiş niyatida. Bu haqda Super Job servisi tomonidan ötkazilgan sörov natijalarida söz boradi.
Qayd etilişiça, respondentlar xitoy tilidan köproq faqat ingliz tilini örganişga xohiş bildirgan — 38 foiz. Ularning ortidan nemis va yapon (har biri 5 foizdan), italyan va fransuz (4 foiz), ispan (3 foiz) hamda arab tillari (1 foiz) örin olgan.
Sörovda iştirok etganlarning yana 5 foizi koreys, turk, portugal, çex va hatto sanksrit tilini örganişga qiziqiş bildirgan. 8 foiz respondent javob berişga qiynalgan, 13 foizi esa biror çet tilini örganiş niyatida emasligini, çunki xorijga çiqiş rejasi yöqligini aytgan.
Şu bilan birga, daromadi 100 ming rubldan oşadigan rossiyaliklar orasida bu boradagi körsatkiçlar boşqaça taqsimlandi: 20 foizi xitoy tilini örganmoqçi ekanliklarini bildirgan bölsa, 36 foizi ingliz tilini, 9 foizi esa ispan tilini örganayotganini ma’lum qilgan. Super Job sörovida jami Rossiyaning turli hududlarida yaşovçi 1600 iqtisodiy faol fuqarolar iştirok etgan.
Avvalroq «Avito.Xizmatlar» servisi 2024 yilda rossiyaliklarning 9 foizi xitoy tilini örganişni boşlaganini ma’lum qilgandi. Til örganişga bölgan qiziqiş 15 foizga oşgani sabab xitoy tili öqituvçilarining xizmatlariga bölgan talab ham ortgan.
Rossiya Xalqlar döstligi universiteti Xorijiy tillar filologiyasi fakulteti dotsenti Margarita Lagutkinaga köra, xitoy tilini örganişga asosan kiçik biznes uçun Xitoydan xaridlarni amalga oşirişni rejalaştirganlar qiziqiş bildiryapti.
Bundan oldin Rossiya prezidentining fan va ta’lim böyiça maslahatçisi Andrey Fursenko hukumatning xitoy tilini Rossiya OTMlari dasturiga kiritiş rejasi borligi haqida gapirgandi. U buni xitoy tili ilm-fanda «asosiy» jahon tillaridan biriga aylanib borayotgani va ilmiy adabiyotlarning 30 foizi allaqaçon naşr etilgani bilan izohlagan.











