Maymunçeçak epidemiyasi an’anaviy qadriyatlari sabab Rossiyaga xavf tuğdirmaydi, deydi «Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova.
«Maymunçeçakning yuqiş usullarining öziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, işonçim komilki, an’anaviy qadriyalarga ega Rossiya Federatsiyasida uşbu kasallik epidemiya sifatida xavf tuğdirmaydi», — deydi u.
Popovaning ta’kidlaşiça, Rossiyada yölga qöyilgan ekotizim «yaxşi işlaydi» va bu «sinovdan ötgan». «Rospotrebnadzor» rahbarining sözlariga köra, avvalroq mamlakatda maymunçeçak bilan kasallaniş böyiça uçta holat qayd etilgan, biroq ular «öz vaqtida aniqlangani sabab tarqalişiga yöl qöyilmagan».
14 avgust kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti mpox virusi tarqalişi yana boşlangani sabab dunyoda favqulodda holat e’lon qilgandi. Kongo Demokratik Respublikasida 2024 yil boşidan beri maymunçeçak bilan boğliq 13 700 dan ortiq kasallaniş va 450 ta ölim holati qayd etilgan. Afrika Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari (Africa CDC) olimlari maymunçeçakning yangi ştammi tez tarqalayotganidan xavotirda.
Oldinroq Özbekiston aeroportlarida maymunçeçakning oldini oliş çoralari körilayotgani, xususan, sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda havo harorati yuqori bölgan yölovçilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar örnatilişi töğrisida xabar berilgandi.











