24 avgust kuni Parij aeroportida hibsga olingan Telegram messenjeri asosçisi Pavel Durov milliarder va erkinlikni sevuvçi rossiyalik dissidentdir. Bu haqda Fransiyaning Le Figaro naşri yozdi.

39 yoşli milliarder Ozarboyjondan Fransiyaga uçib kelganida hibsga olindi. Telegram özining sirli xöjayini hibsga olingani haqida izoh berişdan boş tortdi. Biroq Rossiya Taşqi işlar vazirligi vaziyatga «aniqlik kiritiş» çoralarini körayotganini ma’lum qildi. Qayd etilişiça, fransuz tergovçilari messenjer bilan boğliq turli xil qonunbuzilişlari sababli Durovni qölga olgan.

Telegram asosçisi

Rossiyada tuğilgan Durov Telegram xabar almaşiş dasturining asosçisi va egasi hisoblanadi. Bu WhatsApp, Instagram, TikTok yoki WeChat kabi boşqa ijtimoiy tarmoqlar bilan raqobatlaşadigan bepul platforma. U bir yil içida oyiga 1 milliard faol foydalanuvçiga ega bölişni maqsad qilgan.

Telegram Rossiya, Ukraina va sobiq sovet respublikalarida ta’sirga ega. Ijtimoiy tarmoq Rossiyaning Ukrainadagi uruşi haqida asosiy ma’lumot manbaiga aylandi. Har ikki tomonning rasmiylari undan keng foydalanadi. Ayrim tahlilçilar dasturni «virtual jang maydoni» deb atadi.

Öz erkinligini hamma narsadan ustun qöyadi

«Men kimnidir buyruğini bajarişdan köra erkin bölişni afzal köraman», deb işontirdi Pavel Durov aprel oyida amerikalik jurnalist Taker Karlsonni. 2014 yilda u Rossiya hukumatining «VKontakte» ijtimoiy tarmoğidagi muxolifat jamiyatlarini yopiş haqidagi talablarini bajarişdan boş tortgaç, vatanini tark etgan. Oxir-oqibat u mamlakatdan çiqib ketişdan oldin ijtimoiy tarmoqni sotdi. Şundan beri Rossiya va Fransiya matbuoti Durov 2021 yilda Fransiya fuqaroligini olganini da’vo qilmoqda.

Rossiya rasmiylarining bosimi tufayli şifrlangan messenjer xizmatini işga tuşirdi

Kamdan-kam intervyularidan birida Durov şifrlangan xabarlar xizmatini işga tuşiriş ğoyasi Rossiya rasmiylarining kuçli bosimidan söng paydo bölganini aytdi. 2017 yilda Dubayga joylaşib olişdan oldin u Berlin, London, Singapur va San-Fransiskoda yaşagan.

Moddiy boyliklarga ahamiyat bermaydi

Forbes ma’lumotlariga köra, uning boyligi 15,5 milliard dollarga baholangan. Ammo milliarder pul yoki bitkoinlardan taşqari, köçmas mulk, samolyot yoki yaxtalar kabi muhim aktivlarga ega emasligiga işontirmoqda. Sababi - «erkin böliş» istagi.

Amerika texnologiya gigantlariga qarşi

Biznesmen Apple va Google korporatsiyalarini nafaqat ikkita raqib, balki, eng avvalo, söz erkinligi uçun ikkita eng katta tahdid deb biladi. «Uşbu ikki platforma siz öqişingiz mumkin bölgan hamma narsani va smartfoningizda kirişingiz mumkin bölgan barça ma’lumotlarni senzura qilişi mumkin», dedi u aprel oyida AQŞ matbuoti sahifalarida.

Durov avvalroq 12 mamlakatda 100 nafar farzandi borligini aytgan edi. U 15 yil avval bir döstining iltimosiga köra sperma donoriga aylanganini tan oldi. Avvaliga u bu taklifni hazil sifatida qabul qilgan.