Politico naşrining yozişiça, agar Vaşington Amerika qurollaridan foydalaniş böyiça tegişli çeklovlarni bekor qilsa, Ukraina AQŞ yuqori martabali amaldorlariga Rossiyada uzoq masofali raketa zarbalari nişoniga aylanişi mumkin bölgan obektlar röyxatini taqdim etadi. Naşr 26 avgust, duşanba kuni manbalarga tayanib yozişiça, Kiyev uşbu röyxatdan AQŞ rasmiylarini Rossiya hududida qurollardan foydalanişga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişga işontirişning sönggi urinişi sifatida foydalanmoqda.
Ukraina Rossiyadagi ehtimoliy nişonlarning bir qismini avvalroq AQŞga topşirgan, ammo tayyorlanayotgan röyxat yanada batafsilroq böladi, deya ta’kidlanadi xabarda. Uşbu ma’lumotlarga köra, uzoq masofali qurollarga çeklovlarni olib taşlaşdan taşqari, Kiyev öq-dorilarni yetkazib berişni tezlaştirişga va Ukraina qurolli kuçlarining Rossiya hududiga çuqur hujumi rivojiga umid qilmoqda.
Rossiyadagi nişonlar röyxatini Umerov va Yermak topşiradi
Vaziyatdan xabardor uç manbaning Politico naşriga bildirişiça, şu hafta Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov va Ukraina prezidenti maslahatçisi Andrey Yermak Vaşingtonga taşrif buyurib, tayyorlangan röyxatni AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga taqdim etadi. Taşrifning aynan qaçon amalga oşişi hozirça aniq emas.
Şu bilan birga, Vaşington hanuzgaça AQŞning Rossiya hududiga uzoq masofali qurollar bilan zarba berişga ruxsati Rossiya hukumatini yanada agressiv harakatlarga undaşi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi naşr.
Bahor oxirida Vaşington Rossiya Xarkiv viloyatiga hujumlarini kuçaytirayotgan bir paytda Kiyevga Rossiyadagi nişonlarga zarba berişga sukut bilan ruxsat berdi. Bundan taşqari, ruxsat rus armiyasining oldinga siljişi oldini oliş uçun faqat ma’lum bir radiusga tegişli. Ukraina bir neça oydan beri AQŞdan Rossiya hududida uzoq masofaga uçuvçi qurollardan foydalanişga ruxsat berişni sörab keladi. 26 avgust kuni Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel bu kabi çeklovlarni bekor qilişga çaqirdi.













