Yaponiyada «Şanşan» tayfuni yaqinlaşayotgani tufayli 230 dan ortiq reys bekor qilindi. Bu haqda aeroport va aviakompaniyalar servislari monitoring ma’lumotlariga tayanib, «TASS» xabar berdi.
Qayd etilişiça, 28 avgust tongida tayfun Okinava prefektura oroli, keçga borib janubi-ğarbiy Kyusyu oroliga yopiriladi.
Bekor qilingan aviareyslarning aksariyati Japan Airlines kompaniyasiga tegişli (28 avgust kungi 82 ta reys va ertasi kuni yana 60 ta reys). Bundan taşqari, xalqaro yönalişdagi oltita parvoz ham bekor qilingan.
All Nippon Airways (ANA) 28-30 avgust kunlariga möljallangan 80 ta reysini, Skymark, Solaseed Air hamda Peach Aviation loukosterlari 9 ta reysini bekor qiladi.
Körilayotgan uşbu çora-tadbirlar birinçi navbatda Kyusyu oroli hamda undan janubda joylaşgan mayda orollardagi aeroportlarga taalluqli. Şu bilan birga, temiryöl operatorlari ham qatnovlar töxtatilişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Ayni vaqtda tayfun Amami (Okinava prefekturasi) orollariga yaqinlaşmoqda va şimoli-ğarbiy yönalişda harakatini davom ettirişi mumkin. Tayfun harakatlanayotgan hududda şamol tezligi soniyasiga 65 metrgaça yetyapti.
Eslatib ötamiz, Yaponiya hukumati avgust boşlarida Tinç okeani qirğoğida yuz berişi mumkin bölgan megazilzila haqida ogohlantiriş e’lon qilgan va 15 avgust kuni uni rasman bekor qilgandi.












