Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3 sentabr kuni rasmiy taşrif bilan Möğulistonga boradi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.

Putin Möğulistonga mamlakat prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux taklifiga binoan Xalxin-Gol daryosida sovet va möğul qöşinlarining Yaponiya qurolli kuçlari ustidan qozonilgan qöşma ğalabasining 85 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etiş uçun boradi.

«Muzokaralar çoğida davlat rahbarlari Rossiya-Möğuliston munosabatlarini har tomonlama yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiladilar hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşadilar», deyiladi Kreml xabarida.

BBC ta’kidlaganidek, bu Putinning Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan özini hibsga olişga order berilganidan keyin Rim statutini tan olgan davlatga birinçi taşrifi böladi. Möğuliston 2000 yilda Rim statutini imzolagan va 2002 yilda uni ratifikatsiya qilgan. Xalqaro jinoiy sud 2023 yil mart oyida Rossiya prezidentini hibsga olişga order bergan.

Qayd qilinişiça, 2023 yil dekabr oyida möğulistonlik sudya birinçi marta XJS sudyasi böldi. Möğuliston prezidentining ta’kidlaşiça, birinçi möğul sudyasining XJS vakili bölgani «mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va xalqaro taşkilotlarning Möğulistonga işonçi oşgani va mustahkamlanganidan dalolatdir».

XJS vakolatini tan olgan mamlakatlar Putinni hibsga olişga rasman majbur, deb ta’kidlamoqda BBC. Ammo Möğuliston dengizga çiqiş imkoni yöq va faqat Rossiya va Xitoy bilan çegaradoş, bu Putinni ehtimoliy hibsga oliş va ekstraditsiya qiliş jarayonini «murakkablaştiradi».

Hibsga oliş uçun order çiqarilgandan beri Putin XJS vakolatini tan oladigan mamlakatlarga bormadi. 2023 yil iyul oyida Rossiya prezidenti BRICS sammitida iştirok etmadi va Janubiy Afrikaga taşrifini bekor qildi. Janubiy Afrika Rim statutini ratifikatsiya qilgan va şuning uçun Putinni hibsga oliş va uni Haagaga ekstraditsiya qiliş majburiyati bor edi. Şu bilan birga, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa muxolifatning XJS oldidagi majburiyatlarini bajariş talabiga javob berar ekan, Putinning hibsga olinişi Rossiyaga qarşi uruş e’lon qiliş sifatida baholanişidan ogohlantirganini aytdi.

2023 yil mart oyida XJS Vladimir Putinni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilişda gumon qilib, hibsga olişga order bergan edi. Xuddi şunday order prezident huzuridagi Bolalar huquqlari böyiça vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham çiqarilgan.