Amerikaning Apple Inc. va Nvidia Corp. kompaniyalari sun’iy intellektga asoslangan ChatGPT çat-botini işlab çiqqan OpenAI’ga investitsiya kiritiş imkoniyatini körib çiqmoqda, deb xabar beradi The Wall Street Journal.
Apple va Nvidia qança sarmoya kiritmoqçi ekani noma’lum. Bunga qadar ular OpenAI’ga investitsiya kiritmagan. Şu bilan birga, navbatdagi investitsiya raundida OpenAI’ning yirik investori — kompaniyaning 49 foiziga egalik qiluvçi Microsoft ham iştirok etmoqda. 2019 yildan beri u ChatGPT asosçisiga 13 milliard dollar sarmoya kiritgan.
Financial Times’ning öz manbalariga tayanib yozişiça, tayyorgarlik körilayotgan raund doirasida yirik investor sifatida Thrive Capital vençur fondi ham iştirok etadi — u 1 milliard dollar sarmoya kiritişni reja qilgan.
Qayd etilişiça, investitsiya raundi doirasida OpenAI bir neça milliard dollar jalb qiladi va uning umumiy qiymati 100 milliard dollardan oşib ketadi.
Iyun oyida Apple kompaniyasi OpenAI bilan ChatGPT’dan özining sun’iy intellekt dasturlarida foydalanişga kelişib olgandi. Nvidia esa öz navbatida, eng zamonaviy çiplarini işlab çiqarişga qaratilgan tadqiqot loyihalari doirasida OpenAI bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.
Apple aksiyalari 30 avgust kungi savdolar oldidan 0,5 foizga qimmatlaşgan edi, Nvidia’niki esa 1,7 foizga, Microsoft kompaniyasiniki 0,8 foizga oşgan.












