Sunʼiy intellekt yordamida tayyorlanayotgan tasvirlar tobora işonarli bölib bormoqda. Natijada baʼzan haqiqiy fotosuratlarga asoslangan işlar ham şubha uyğotyapti. Larsenning tasviri bilan ham xuddi şunday holat yuz berdi: uni yaratiş uçun fotograf qariyb ikki soat suratga olgan, keyin esa kadrlarni birlaştirişga yana taxminan 45 soat sarflagan.

Yakuniy tasvirda taxminan 1400 ta sunʼiy yöldoşga tegişli 14 mingta iz aks etgan. Ular bir-birini kesib ötib, toğ tepasidagi osmonda ziç çiziqlar törini hosil qilgan.

Biroq bu manzara bir lahzada olingan yagona fotosurat emas. U qariyb ikki soat davomida tuşirilgan yuzlab kadrlarni ustma-ust birlaştiriş orqali tayyorlangan. Demak, tasvirdagi barça çiziqlar osmonda bir vaqtning özida körinmagan - ular kuzatuv davomida qayd etilgan harakat izlarining yiğindisidir.

Larsen kamerasini Yangi Zelandiyaning Şimoliy orolidagi Taranaki toği tomon yönaltirib, tungi osmonni ketma-ket suratga olgan. Jami 578 ta kadr tuşirilgan. Har bir kadrning ekspozitsiyasi sakkiz sekundni taşkil etgan, kadrlar orasida esa ikki sekundlik tanaffus bölgan. Ekspozitsiya davomida harakatlanayotgan yöldoşlar suratda yoruğ çiziqlar körinişida aks etgan.

Fotografning aytişiça, suratga oliş işning eng oson qismi bölgan. Asosiy mehnat keyin boşlangan: u Adobe Photoshop dasturida yuzlab kadrlarni birlaştirib, yöldoş izlarini yakuniy tasvirga jamlagan.

Har bir alohida fotosuratda örtaça 25 taga yaqin sunʼiy yöldoş aks etgan. Larsen tahrirlaşga sarflagan vaqtining katta qismini yulduzlar tasvirini öçirişga ajratgan. Bu yöldoşlar qoldirgan izlarni yanada aniqroq ajratib körsatiş imkonini bergan.

© Brendan Larsen, blarsenphoto.com

Bu yerda 14 mingta iz 14 mingta alohida yöldoşni anglatmasligini hisobga oliş kerak. Bir yöldoş ketma-ket olingan bir neçta kadrda köringani uçun uning izlari umumiy hisobda takrorlanadi. Şu sababli izlar soni yöldoşlarning özidan ança köp.

Muallifning taʼkidlaşiça, tasvirdagi har bir yöldoş izi kamera orqali qayd etilgan. Yakuniy manzara haqiqiy fotosuratlarni qayta işlaş va birlaştiriş natijasida hosil bölgan.

Tasvir ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalgaç, foydalanuvçilar uning haqiqiyligi haqida bahslaşa boşlagan. Ayrimlar bunday osmon manzarasini faqat sunʼiy intellekt yaratişi mumkin, deb hisoblagan. Öz mehnati natijasiga şunday munosabat bildirilgani fotografni ranjitgan.