Turkiya Radio va televidenie oliy kengaşi (RTÜK) sunʼiy intellektga asoslangan Via+ media-monitoring tizimini işlab çiqişni yakunlamoqda. Mazkur tizim 800 dan ortiq telekanal va internet-platformani tunu kun kuzatib boriş, ehtimoliy qonunbuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlaş hamda regulyator xodimlari uçun hisobotlar tayyorlaş imkonini beradi. Bu haqda RTÜK raisi Mehmet Doniş 8-noyabr kuni Anadolu agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, tizim bir vaqtning özida oltita sunʼiy yöldoşdan efir signallarini qabul qiliş, 12 ta tilga tarjima qiliş imkoniyati bilan kuniga 19,2 ming soatlik audioyozuvni tahlil qiliş hamda 300 milliondan ziyod videokadrni qayta işlaş quvvatiga ega böladi. Sunʼiy intellekt yuzaga kelişi mumkin bölgan qoidabuzarliklarni mustaqil ravişda aniqlaydi va tayyor hisobotlarni RTÜK mutaxassislariga uzatadi. Işlanma taxminan 90 foizga yakunlangan bölib, ayni paytda sinov jarayonlari va xodimlarni öqitiş davom etmoqda. Doniş yangi tizimni Turkiyaning köp bosqiçli «Pölat gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi loyihasiga qiyosladi: «Mudofaa sohasida pölat gumbazimiz bölganidek, Via+ ham media sohasidagi pölat gumbazimizga aylanadi».
RTÜK tomonidan avvalroq eʼlon qilingan tavsifga köra, tizim nutqni vaqt körsatkiçlari bilan birga matnga aylantira oladi, xorijiy körsatuvlarni turk tiliga tarjima qiladi, tasvirlarni tahlil etadi, muayyan obyektlarni taniydi hamda belgilangan trigger-sözlarni aniqlaydi. Şu bilan birga, regulyator sunʼiy intellekt öziça jazo tayinlamasligini, yakuniy qaror idora xodimlarida qolişini taʼkidlamoqda. Raqamli platformalar uçun alohida mexanizm közda tutilgan: ular RTÜK taşkilotiga kontent kataloglarini taqdim etadi, mutaxassislar esa tekşiriş uçun materiallarni mustaqil tanlab oladi. Doniş, şuningdek, regulyatorning internet-platformalarga nisbatan vakolatlarini kengaytiruvçi qonun loyihasi tayyorlanayotganini ham bildirdi.








