Ohayo ştati universiteti (AQŞ) olimlari Xitoy ğarbidagi Himoloy toğlari muzida yaşiringan 1700 ga yaqin qadimiy virusni aniqladi. Ularning aksariyati ilgari fanga noma’lum edi. Bu haqdagi tadqiqot Nature Geoscience jurnalida (.pdf) çop etildi.
Virusli DNK parçalari erigan Guliya muzligida topildi. U Tibet platosida, dengiz sathidan 7 kilometr balandlikda joylaşgan.
Ilmiy maqola mualliflarining fikriça, bu viruslar sönggi 41 ming yil içida kamida uçta yirik iqlim özgarişidan omon qolgan.
«Agar ular abadiy muzliklarda şunday uzoq vaqt yaşay olsa, bu hayvonlar va odamlar yuqtirgan viruslar ham şunday oğir şaroitlarda öz xususiyatlarini saqlab qolişi mumkinligini körsatadi», dedi Jan-Mişel Klaveri, Eks-Marsel (Fransiya) universiteti professori.
Abadiy muzliklarda qolib ketgan qadimiy viruslar ilgari dunyoning boşqa joylarida, jumladan Sibirda ham topilgan. Bu esa, ulardan biri iqlim özgarişi natijasida ajralib çiqişi va pandemiyaga olib kelişi mumkinligi haqida xavotir uyğotadi. Yaxşiyamki, Guliyadan topilgan viruslar hayvonlar yoki odamlarga emas, balki bakteriyalarga yuqqan.
Endi olimlar viruslar ob-havoning sezilarli özgarişlariga qanday moslaşgani va evolyutsiyasi haqida asosiy tafsilotlarni aniqlamoqçi. Viruslardan biri taxminan 11,5 ming yoşda ekanligi allaqaçon aniqlangan.
Tadqiqotçilar, şuningdek, muz yadrosidagi viruslarning törtdan bir qismi boşqa joylardan kelgan turlarga mos ekanini aniqladi. Körinişidan, ular turli mintaqalardan, jumladan, Arktikadan kelgan.












