AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp uning Demokratik partiyadan bölgan raqibi Kamala Harrisni qöllab-quvvatlaşini aytgan Vladimir Putinning sözlariga ikkinçi bor munosabat bildirdi.

«Men Putinni bilaman, uni yaxşi taniyman. Şu kunlarda u Kamalani qölladi. Meni bu juda ranjitdi. Qiziq, u Kamalani nima uçun qölladi ekan. Yöq, u şaxmat öyinçisi. Bundan xafa bölişim kerakmi? Öylaymanki, bu gapni u yuzida kulgi bilan aytgan bölişi mumkin, men bilmayman. Jin ursin, buni kim biladi», — degan Tramp Viskonsin ştatidagi saylovoldi mitingida.

Tramp «tarixda heç kim» u prezident bölganida qilgani kabi
Rossiyaga nisbatan qattiqqöl munosabatda bölmaganini aytgan va «buni hammadan ham yaxşiroq biladigan odam —Vladimir Putin» ekanini ta’kidlagan.

Vladimir Putin 5 sentabr kuni Şarqiy iqtisodiy forum yalpi majlisidagi çiqişi çoğida Rossiya hukumati uçun AQŞdagi saylovlarda Kamala Harris ğalaba qozonişi Trampning ğalabasidan afzalroq ekanini aytdi. «Bizning favorit, agar şunday deyiş mumkin bölsa, amaldagi prezident, janob [Jo] Bayden edi. Ammo uni poygadan olişdi, u barça tarafdorlariga [vitse-prezident Kamala] Harris xonim nomzodini qöllab-quvvatlaşni tavsiya qildi. Biz ham şunday qilamiz», — degandi Putin jilmayib.

Putin uning «tabassumi yuqumli» ekani, bu esa unda «barçasi yaxşi»ligini anglatişini aytgan. Rossiya prezidenti fikriça, şuning uçun Harris yangi sanksiyalar qöllaşdan tiyilişi mumkin.

Tramp bu sözlarga keyingi kuniyoq munosabat bildirgandi. «Bu borada nima deyişni bilmayman. U meni haqoratladimi yoki yaxşilik qildimi, men buni bilmayman», — degandi AQŞ prezidentligiga nomzod öz saylovoldi mitingida.

Oq uydagilar Rossiya tomonidan saylovlar borasida fikr bildiriş hamda aralaşuvdan tiyilişni söragan.

Kreml Putin suhbat moderatori savoliga javob qaytargani va bu mavzu ustuvor emasligini bildirib, aralaşuv haqidagi ayblovlarni rad etgan. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Putinning Harris haqida gapirgandagi ohangini «xorijdagi bundan manfaatdor tomonlar tuşunişga harakat qilişi lozimligi»ni aytgan.

  • AQŞ prezidentligi uçun saylovlar ikki oydan keyin, noyabr oyi boşida ötkaziladi. 10 sentabr kuni nomzodlarning ilk debatlari ötkazilişi belgilangan. Bu debatlar Tramp uçun yettinçi, Harris uçun esa birinçisi böladi. Iyun oyi oxirida ötkazilgan debatda Demokratik partiya nomidan qatnaşgan Jo Baydenning çiqişi muvaffaqiyatsiz bölgan va bu alaloqibat uning saylovni tark etişiga olib kelgandi.
  • Sönggi sörovlar natijalariga köra, Harris Trampdan biroz özib ketmoqda: 44,2 foizga qarşi 47,3 foiz.