Eron parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi a’zosi Ahmad Baxşoiş Ardistoniy «Didban Iran» naşriga bergan intervyusida öz mamlakati Rossiyaga nafaqat dron, balki raketalar ham yetkazib berganini aytdi.
Uning sözlariga köra, sanksiyalarni çetlab ötiş va xorijiy valutani jalb qiliş uçun Eron «raketa va dron sotuvçisi» bölişi kerak.
«Hizbulloh, Hamas, Haşd aş-Şaabiyga (Iroq) raketa beryapmiz, nega endi Rossiyaga bermasligimiz kerak?», dedi u.
Bundan taşqari, Ardistoniy uşbu qurollarni Rossiyaga sotiş orqali Eron buğdoy va soya olayotganini ta’kidladi.
Avvalroq, Eron Taşqi işlar vazirligi Rossiyaga raketalar yuborilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi, çunki «Tehron Ukraina atrofidagi inqirozni siyosiy yöl bilan hal qilişni qöllab-quvvatlaydi».
Ilgari Associated Press AQŞ öz ittifoqçilariga Eron Rossiyaga «Fotih-360» ballistik raketalarini yetkazib bergani böyiça ma’lumot yetkazgani haqida xabar bergan edi. Uruşni örganiş böyiça Amerika instituti yozganidek, Rossiya tomoni qişda Ukraina energetika infratuzilmasiga hujum qiliş uçun ulardan foydalanişi mumkin.












