3 sentabr kuni Rossiyaning Poltavaga raketa hujumi oqibatida qurbon bölganlar soni 58 kişiga yetdi. Bu haqda 8 sentabr, yakşanba kuni Telegram'da viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Filipp Pronin ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, yana uç nafar yarador şifoxonalarda vafot etgan.
5 sentabr holatiga köra, jabrlanganlarning rasmiy soni 328 nafarni taşkil qilgan.
Bu 2024 yil boşidan beri Rossiyaning eng qonli hujumi.
Rossiyaning Poltavaga zarbasidan keyin Bayden Kiyevga HHM tizimlarini va’da qildi
Rossiyaning Poltavaga raketa hujumi natijasida 50 dan ortiq odam halok böldi, bu Rossiyaning Ukrainada «erkin xalq irodasini sindiriş»ga qaratilgan urinişlari haqida fojiali eslatma böldi. Bu haqda Amerika yetakçisi Jo Baydenning 3 sentabr kuni Oq uy tomonidan tarqatilgan bayonotida aytiladi.
«Men bu jirkanç hujumni imkon qadar qattiq qoralayman», dedi Bayden.
Uning sözlariga köra, Ukraina xalqi ikki yarim yildan beri Moskva agressiyasiga qat’iy qarşilik körsatib kelmoqda. Qöşma Ştatlar uning yonida bölişda davom etadi, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va mudofaa uçun zarur vositalar bilan ta’minlaşda davom etadi, deya qöşimça qildi Amerika prezidenti.
Yevroittifoq Rossiyaning Poltavaga hujumini qoraladi
Yevropa Ittifoqi 3 sentabr kuni Rossiyaning Poltavaga raketa hujumi uyuştirgani va 50 dan ortiq odamning hayotiga zomin bölganini qoraladi. «Bu yana bir qon tökilişi Rossiyaning Ukraina va uning xalqiga qarşi şafqatsiz uruşini davom ettiriş, katta qurbonlar va keng kölamli vayronagarçiliklarga sabab bölişga intiliş qat’iyatini isbotlaydi», dedi Yevropa Ittifoqi taşqi siyosati vakili Peter Stano. «Biz qurbonlar oilalarining qayğusiga şerikmiz va Ukraina xalqini qöllab-quvvatlaymiz», — deya qöşimça qildi u.
Rossiya ikki yarim yildan beri qöşni davlatga qarşi uruş olib bormoqda, Ukraina böylab raketa va uçuvçisiz uçoqlar yordamida hujumlar uyuştirmoqda va «qörqoqlik bilan asosan tinç aholini nişonga olmoqda», deya ma’lum qildi Bryussel. Bu holat faqatgina Ukrainaning BMT Nizomidagi özini himoya qiliş böyiça qonuniy huquqiga muvofiq, Rossiya hududidan amalga oşirilayotgan bunday hujumlarni samarali qaytariş va «tajovuzkorni orqaga surib taşlaş» imkoniyatiga ega bölişi zarurligini körsatadi, deb ta’kidladi Stano.
Yevropa Ittifoqi Kiyevga harbiy yordam, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va öq-dorilar yetkazib berişni kengaytiriş tarafdori, deb ta’kidladi YeI taşqi siyosat xizmati. Bu ta’minot Ukraina mudofaasini kuçaytiradi, begunoh odamlar hayotini saqlaydi va himoyalangan mamlakatdagi vayronagarçilik darajasini pasaytiradi, deb tuşuntirdi Peter Stano.













