10 sentabrga ötar keçasi Rossiyaning töqqiz regioni ukrain dronlarining keng kölamli hujumiga yöliqdi. Rossiya mudofaa vazirligi 144 ta dron urib tuşirilgani haqida xabar qilgan. Uçuvçisiz uçar qurilmalardan biri Moskva oblastidagi Ramenskiy rayonidagi köp qavatli binoga kelib urilgan, bir ayol halok bölgan.

Moskva şahri meri Sergey Sobyanin poytaxtga hujumda 15 dan ortiq dron iştirok etgani haqida xabar bergan. Uçuvçisiz uçar qurilmalar hujumi töğrisidagi ilk xabar Sobyaninning telegram-kanalida Moskva vaqti bilan soat 02:32 da paydo bölgan. Merning sözlariga köra, havo hujumidan mudofaa kuçlari Moskva oblastining Lyubersi, Ramenskoye, Podolsk, Domodedovo va Kolomna şahar okruglarida dronlar hujumini qaytargan. Troitskiy ma’muriy okrugida dron parçalari xususiy uy hududiga tuşgan, jabrlanganlar yöq. Bundan taşqari, parçalar Jukovskiy aeroporti hududiga tuşgan.

Sobyaninning sözlariga köra, Ramenskiyda «dronlar hujumini qaytariş» çoğida köp kvartirali uyning 11- va 12-qavatlarida yonğin çiqqan. Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobyovning aniqlik kiritişiça, yonğin Sportivniy proyezdidagi uyda röy bergan. Avvaliga Vorobyov töqqiz yoşli bola halok bölgani haqida ma’lumot bergandi, ammo keyinroq uning özi bu ma’lumotni rad etdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, 46 yoşli ayol halok bölib, uç kişi jarohatlangan, ular şifoxonaga yotqizilgan.

Gubernatorning sözlariga köra, yana bir dron parçalari Visokovoltnaya köçasiga tuşib, 9-qavatdagi kvartirani şikastlagan, bir kişi yaralangan. Evakuatsiya qilingan aholi vaqtinça bölib turiş punktiga joylaştirilgan. Astra telegram-kanali xabar qilişiça, dronlardan biri Ramenskiy rayonidagi Staxanovskaya köçasiga tuşgan.

Sportivniy proyezddagi köp qavatli uy. Foto: Sergei Bulkin/TASS

Sportivniy proyezdda 54 kvartira şikastlangan, deb xabar bergan gubernator Andrey Vorobyov. Visokovoltnaya köçasidagi uyda beşta balkonda yonğin röy bergan, ammo olov kvartiralar içkarisiga ötmagan. Mutaxassislar dronning qulagan parçalarini zararsizlantirmaguniça bu uy atrofidagi beşta uy aholisi vaqtinça evakuatsiya qilingan. Vorobyov hukumat kvartiralarni tiklaş va ta’mirlaş xarajatlarini öz zimmasiga olişi, şuningdek şikastlangan buyumlar uçun zararni qoplab berişini va’da qilgan.

«Kaspiyskiy gruz» guruhi vakili bölgan reper Brutto (haqiqiy ismi — Timur Odilbekov) Ramenskiydagi Visokovoltnaya köçasida dron qulaşi oqibatlarini videoga olgan. Musiqaçining kvartirasi hujum vaqtida şikastlangan.

Ramenskiy şahar okrugi Prudki qişloğida dron xususiy uylar yaqinidagi örmonga qulagan, deb xabar beradi Mash telegram-kanali. Manba ma’lumotiga köra, Prudkida ikki kişi jarohatlangan.

Telegram-kanallar Moskva çekkasidagi Jukovskiy aeroportida dronlar hujumidan keyin boşlangan yonğin videoyozuvini ham tarqatgan.

Dronlar hujumi vaqtida Moskvaning Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlari samolyotlarni qabul qiliş va jönatişni vaqtinça töxtatgan. Vnukovoda soat 01:30 dan çeklovlar joriy etilganini xabar qilişgan. Vnukovoda 30 dan ortiq xalqaro va içki reyslar, Domodedovoda 13 reys zaxira aeroportlariga yönaltirildi, deb xabar bergan RIA Novosti. Soat 08:00 atrofida Rosaviatsiya çeklovlar bekor qilingani haqida e’lon qildi, idoraga köra, tunda zaxira aerodromlariga jami 48 reys yönaltirilgan. Tataristonning Qozon şahridagi aeroportda ham parvozlarga çeklovlar joriy etilib, ikki samolyot zaxira aerodromiga qönişiga töğri kelgan.

Rossiyaning yana sakkiz regionida dronlar hujumi kuzatilgan

Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz ham telegram-kanalida hududga dronlar hujum qilgani haqida xabar bergan. Uning sözlariga köra, havo hujumidan mudofaa kuçlari tun davomida 72 ta uçuvçisiz uçar qurilmani tutib qolgan yoki yöq qilgan. Bogomazning tasdiqlaşiça, barça hujumlar qaytarilgan, jarohat olganlar va vayrongarçiliklar yöq.

Tula oblastida RF mudofaa vazirligining havo hujumidan mudofaa kuçlari ikkita dronni yöq qilgan, deb xabar beradi TASS Tula oblasti mintaqaviy xavfsizlik vazirligi matbuot xizmatiga tayanib. Dron parçalari yonilği-energetika kompleksi obektlaridan biriga tuşgan, jabrlanganlar yöq, energiya uzatilişi töxtatilmagan.

Kursk oblasti gubernatori Aleksey Smirnov Rossiya havo hujumidan mudofaa kuçlari tun davomida ukrain armiyasining «yopirilma zarbalarini qaytargani» haqida ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, oblast hududi ustida ukrainlarning 12 ta droni urib tuşirilgan. Smirnov hujum oqibatlariga töxtalmagan.

Kaluga oblastida, region gubernatori Vladislav Şapşa xabar berişiça, havo hujumidan mudofaa kuçlari tunda Jukovskiy, Maloyaroslavetskiy va Dzerjinskiy rayonlarida yettita dron hujumini qaytarganini aytgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, heç kim jarohatlanmagan, infratuzilma vayron bölişi qayd etilmagan.

Voronej oblastida havo hujumidan mudofaa kuçlari va radioelektron kuraş vositalari region çegarasida ukrainlarning samolyot tipidagi beşta dronini töxtatdi, deb xabar bergan gubernator Aleksandr Gusev. Uning sözlariga köra, quruqlikda jabrlanganlar va vayrongarçiliklar bölmagan.

Havo hujumidan mudofaa kuçlari Lipetsk oblastining Yeletsk rayoni, Lipetsk va Volovskiy munitsipal okruglarida uçuvçisiz uçar qurilmalarni bostirgan, deb xabar bergan region rahbari Igor Artamonov. Halok bölganlar va yaralanganlar yöqligi aytilgan.

Orlov oblasti gubernatori Andrey Kliçkovga köra, ukrainlarning bitta droni urib tuşirilgan, jabrlanganlar va şikastlaniş holatlari yöq. Belgorod oblastida tunda va tongda raketa hujumi xavfi tufayli trevoga e’lon qilingan, oqibatlar haqida xabar berilmagan.

9 sentabr kuni keçqurun Qrim yarimorolidagi Oktyabrskoye qişloğida portlaşlar sodir bölgani haqida ma’lumot berildi. Mahalliy aholining sözlariga köra, u yerda joylaşgan Rossiya harbiylari Saki aerodromidan aviatsiyani havoga kötardi.

Bundan taşqari, Rossiya monitoring kanallari Tarxankut buruni yönalişida va undan şarqda uçuvçisiz uçiş qurilmalari uçirilişi ehtimoli haqida xabar berişdi.

RF mudofaa vazirligi tunda havo hujumidan mudofaa kuçlari Rossiya regionlari böylab ukrainlarning 144 ta droni urib tuşirilgani haqida xabar bergan: Bryansk oblastida — 72, Moskva oblastida — 20, Kurskda — 14, Tulada — 13, Belgorodda — sakkiz, Kalugada — yetti, Voronejda — beş, Lipetskda — tört va Orlovda bitta. Idora öz hisobotida Krasnodar ölkasi va Qrimni tilga olmagan hamda hujumda Ukrainani ayblagan. Bu Ukraina qurolli kuçlarining Rossiya tomonidan tan olingan eng keng kölamli hujumlaridan biri böldi. Bunday hujumlardan eng yirigi 1 sentabrga ötar keçasi amalga oşirilgandi, öşanda RF mudofaa vazirligi 158 ta dron urib tuşirilgani haqida xabar bergan.