Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 75-sonli maktabda öquvçi va öqituvçilar majburiy mehnatga çiqarilayotgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi raddiya e’lon qildi.

Raddiyada yozilişiça, holat tuman maktabgaça va maktab ta’lim bölimi va hamkor taşkilot xodimlaridan iborat işçi guruh tomonidan örganilgan.

Öquvçilarning maktab hovlisidagi yerni işlayotgan tasvirlari 2024 yil 19 aprel kuni 9-"B" sinf (öşa paytda 8-"B"sinf) öquvçilari texnologiya darsida “Kasbim faxrim” tögaragi maşğulotlarining “Gulçilik kasbi, issiqxona gullari va dala gullari”mavzusidagi dars doirasida öz xohişlari bilan uşbu mikro uçastkaga gul ekmoqçi bölganlarini tuşuntiriş xatlarida ma’lum qilişgan.

Bundan taşqari, pedagoglarning maktab hovlisida obodonlaştiriş işlari bilan şuğullanayotganliklari tasvirlangan videolavha 2024 yilning 8 avgust kuni olingani aniqlangan.

Joriy yil 7 avgust kuni 75-sonli maktabda navbatdan taşqari pedagogik kengaş yiğilişi ötkazilgan va unda maktab direktori tomonidan obodonlaştiriş işlarida xodimlarning yordam berişi taklifi kiritilgan.

Obodonlaştiriş işlarida maktabdagi 50 nafar öqituvçidan 12 nafari öz xohişlariga köra (!) iştirok etgan.

“Ayni paytda holatni tasvirga olib ğarazli maqsadlarda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaroni aniqlaş va unga qonun doirasida çoralar köriş yuzasidan örganiş işlari olib borilmoqda”, deyiladi raddiyada.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda öqituvçilarni özlariga tegişli bölmagan turli işlarga jalb qiliş holatlari juda tez-tez uçrab turadi. Aksariyat hollarda öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb qilganlar “ular öz ixtiyori bilan işladi” degan vajlar bilan suvdan quruq çiqib ketişadi.