Qozoğistonning Ostona şahrida ötkazilayotgan Jahon köçmançilar öyinlarining köpkari musobaqasi finali mojaro bilan tugadi.

12 sentabr kuni hal qiluvçi bahsda Qozoğiston va Qirğiziston köpkariçilari bellaşdi. Öyin mezbonlarning 5:4 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Bellaşuv asabiy ruhda ötib, mezbonlar vakili raqibini qamçi bilan urganidan keyin töpolon va muştlaşuv tufayli töxtatib turildi.

Qirğiziston sportçilari taqdirlaş marosimida kumuş medallarini yeçib taşlab, öz davlati bayroğini baland kötarib, sahnadan çiqib ketdi.

Keyinçalik, Qirğiziston köpkari federatsiyasi finalda qayd etilgan natijaga norozilik şikoyatini yozdi. Ular bahsni boşqargan qozoğistonlik hakam öz hamyurtlari foydasiga bir qança bahsli qarorlarni qabul qilgan deb hisoblamoqda. Şuningdek, qirğizistonliklarga mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan bosim bölganini ta’kidlamoqda.

Jahon köçmançilar öyinlarida Özbekiston ham iştirok etmoqda va 11 oltin, 12 kumuş, 11 bronza medali bilan uçinçi örinni egallab turibdi. Qozoğiston terma jamoasi 33 oltin, 25 kumuş, 28 bronza bilan peşqadamlik qilmoqda. Musobaqalar 13 sentabr kuni yakunlanadi.