8−13 sentabr kunlari Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida ötkazilgan V Butunjahon köçmançilar öyinlarining medallar jamğarmasida Özbekiston terma jamoasi uçinçi örinni egalladi.
Özbekistonlik sportçilar 11 ta oltin, 12 ta kumuş va 11 ta bronza — jami 34 ta medalni qölga kiritdi.
Musobaqada katta ustunlik bilan qozoğistonlik sportçilar ğalaba qozondi: 114 ta medal (44 oltin + 33 kumuş + 37 bronza). Ikkinçi örinni 64 ta medal (18+21+25) bilan Qirğiziston terma jamoasi egalladi.
Turnirda 89 davlatdan 2,5 mingga yaqin sportçi iştirok etdi. Ular sportning 21 turi böyiça bellaşdi.
Navbatdagi Butunjahon köçmançilar öyinlari 2026 yilda Qirğizistonda ötkaziladi.












