Aldov yöli orqali Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzişga majburlanib, Ukrainadagi uruşga yuborilgan 45 nafar Hindiston fuqarosi RF armiyasidan böşatildi, deb xabar beradi NDTV.

Hindiston Taşqi işlar vazirligi bayonotiga köra, yana 50 nafar hind frontda qolmoqda. Taşqi siyosiy idora hozirda «ularni qutqariş va ozod etiş» böyiça barça sa’y-harakatlarini işga solgan.

Iyul oyida Vladimir Putin Rossiya Ukrainadagi uruşga jalb etilgan barça hindistonliklarni armiyadan böşatib yuborişga va’da bergandi. Bu Hindiston boş vaziri Narendra Modi Moskvaga taşrifi davomida örtaga qöygan talabidan keyin sodir böldi. «Sizning öz ğoyalaringiz bor, juda energiyaga boy insonsiz. Hindiston va hind xalqi manfaatlari uçun natijaga erişişni bilasiz», — degan edi Putin Modi bilan norasmiy uçraşuvda.

Hindiston hukumati 2024 yil boşidayoq Ukrainadagi uruşga jalb etilgan hindlar böyiça Moskvaga murojaat qilgandi. Xususan, Hindiston Taşqi işlar vazirligi RF Mudofaa vazirligidan hindlarning şartnomalari tugamasidan armiyani tark etişlariga ruxsat berişini söragan.

TIV ma’lumotlariga köra, hindlar aldov yöli bilan Rossiya armiyasi tarkibiga qöşilib qolgan. Diplomatlarning ta’kidlaşiça, Hindiston hududida uruşga yollaş bilan şuğullanuvçilar hindlarga «Rossiyada yuqori maoş tölanadigan işni» yoki OTMga öqişga kiritişda yordam berişni va’da qilgan, biroq mamlakatga kelişi bilan ularning pasportlari olib qöyilib, şartnoma tuzişga majburlangan.

Mart boşlarida Hindiston Markaziy tergov byurosi bir oy içida Rossiya armiyasiga 35 nafarga yaqin hind jalb etilganini aniqlagan. Öşa vaqtda ularning umumiy soni yuzdan oşişi aytilgan edi. Fuqarolarning bir qismi jangda halok bölgan, ayrimlari oğir yaralangan.

May oyida Hindiston huquq-tartibot idoralari mahalliy fuqarolarni Ukrainadagi uruşga yollaş bilan şuğullangan jinoiy tarmoqni foş etgandi. Tergov ma’lumotlariga köra, jinoyatçilar ijtimoiy tarmoqlar orqali faoliyat yuritgan.