1999 yil 4 sentabr kuni Böynoq şahrida, 8-9 sentabr kunlari ikki marta Moskvada, 16 sentabr kuni Volgodonskda köp qavatli uylarda portlaş sodir böladi.

Oqibatda, 307 kişi halok böladi, 1700 kişi turli darajada jarohatlanadi, köplab oilalar boşpanasiz qoladi.

Öşanda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) portlaşlarni çeçen jangarilari uyuştirganini aytib çiqadi va köp ötmay Rossiya armiyasi Ikkinçi çeçen uruşini boşlaş uçun Çeçenistonga bostirib kiradi.

12 kun içida törtta köp qavatli uyning portlatilişi Rossiyada köp qavatli uylarda yaşovçilar orasida vahimalarni keltirib çiqaradi.

Juda köp şaharlarda odamlar tungi navbatçilik taşkil etadi va uylarni özlari qöriqlay boşlaydi. Ana şunday kunlarning birida Ryazanda juda şubhali bir hodisa sodir böladi.

Bu hodisa tarixda «Ryazan şakari» nomi bilan qolgan va u haqda hanuzgaça bir-biriga qarşi gaplar yuradi.

1999 yilda Volgodonsk şahrida portlatilgan uy şu körinişga kelib qolgandi
alamy.com

Ryazandagi hodisa

1999 yil 22 sentabr. Ryazan şahridagi Novoselov köçasida joylaşgan 14-köp qavatli uyda yaşovçi Aleksey Kartofelnikov uy atrofida uç nafar şubhali şaxsni körib qoladi.

Ikki erkak va bir ayol yengil maşinadan şubhali qoplarni köp qavatli uyning yertölasiga olib tuşayotgan edi. Maşina raqamlari yopib qöyilgani uçun uning qaysi hududga tegişli ekanini bilib bölmasdi.

Aleksey darhol militsiyaga qönğiroq qiladi. 40 daqiqadan söng yetib kelgan militsiya xodimlari yertölaga tuşib u yerda noma’lum modda solingan uçta qop topadi. Bungaça şubhali şaxslar u yerdan ketib bölgandi.

Militsiya xodimlari şubhali qoplar haqida darhol bölimga xabar beradi. Köp ötmay hodisa joyini viloyat IIB xodimlari örab oladi. Köp qavatli uyda yaşovçilar darhol evakuatsiya qilinadi.

Qopdagi narsa tekşirib körilganda u portlovçi modda – geksogen ekani aniqlanadi. Bundan taşqari, qopdagi modda orasidan peyjyer körinişidagi elektron soat, uçta quvvatlantiriş batareyasi va ularga ulangan simlar topiladi.

Ryazandagi 14-köp qavatli uy (çapdan birinçi)

Portlovçi modda orasidagi uskuna tonggi soat 5:30 da işlab ketişga belgilangan, çaqnaş yöli bilan uskunani harakatga keltiriş uçun ovçilar foydalanadigan 12-kalibrli patron qöyilgan ekan.

Tekşiruvlar şuni anglatadiki, kimlardir Ryazandagi 14-köp qavatli uyni portlatişni maqsad qilgan va bu iş Aleksey Kartofelnikovning huşyorligi tufayli amalga oşmay qoladi.

Qoplardagi portlovçi moddamidi yoki şakar?

Yertöladagi qoplar ertalab Fuqaro mudofaasi hovlisiga olib boriladi. Söng uning namunalari Içki işlar vazirligi ekspert-kriminalistika markazi va FXX laboratoriyasiga yuboriladi.

Hodisa yuzasidan FXXning Ryazan viloyati boşqarmasi tomonidan Rossiya jinoyat kodeksining 205-moddasi (Suiqasd va terrorizm) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatiladi.

23 sentabr kuni Rossiyada faoliyat olib borayotgan bir qator davlat va xususiy telekanallar hamda radiolarda Ryazandagi hodisa haqida gapiriladi.

Ryazandagi 14-sonli köp qavatli uy
openmedia.io

Jumladan, ORT telekanalida berilgan lavhada şunday deyiladi:

«Bugun tunda Ryazan şahar Novoselov köçasidagi turar joy massivlaridan biridagi 12 qavatli bino aholisi şoşilinç ravişda evakuatsiya qilindi. Uy yertölasidan uç qop modda topildi va u tekşirib körilganda geksogen ekani aniqlangan. Şuningdek, hodisa joyida vaqti soat 5:30 ga örnatilgan portlatiş uskunasi ham çiqqan. Şahar politsiyasi mutaxassislari uy yertölasidan topilgan moddalarni portlatiş sinovini ötkazdi. Ammo aralaşma portlamadi. Hozir qopdagi moddalar ekspertiza uçun yuborilgan».

ORT telekanalining jonli efirida Ryazan şahar Oktyabr tumani IIB boşliği, podpolkovnik Sergey Kabaşov: «Bu portlovçi moddami yoki boşqa narsami, buni ekspertiza körsatadi», deydi.

23 sentabr kuni «Vesti» informatsion dasturida hodisa haqida şunday xabar beriladi:

«Şahar politsiyasining portlovçi moddalar böyiça mutaxassislari dastlabki tahlillarni ötkazdi va qoplarda geksogen borligi tasdiqlandi. Hozir qoplar uning içidagi modda haqida aniq xulosa oliş uçun FXXning Moskva laboratoriyasiga yuborildi».

Rossiya boş vaziri Vladimir Putin, 1999 yil. (Orqa fonda Rossiya prezidenti Boris Yelsin)
alamy.com

Öşa paytda Rossiya boş vaziri lavozimida bölgan Vladimir Putin Rostov şahrida safarda edi. 23 sentabr kuni soat 17:00 atrofida u hodisa haqida şunday deydi:

«Ryazandagi voqealarga kelsak. Menimça, bu qandaydir hazil emas. Agar portlovçi moddalar solingan bu qoplarni sezib qolişgan bölsa – bu aholining bugungi kunda mamlakatda röy berayotgan voqealarga töğri munosabatda bölayotgani va huşyorligi alomati hisoblanadi. Men sizning savolingizdan foydalanib, buning uçun mamlakat aholisiga minnatdorçilik bildiraman. Ölganlarni qutqara olmaganimiz uçun odamlardan qarzdormiz. Sönggi hodisa böyiça odamlarning munosabatlarini kuzatyapmiz va bu uçun ulardan minnatdormiz. Bu munosabatlar juda töğri. Vahima yöq, banditlarga yumşoqlik yöq. Bu ular bilan oxirigaça, ğalabagaça kuraşiş kayfiyatidir. Biz buni, albatta, amalga oşiramiz».

23 sentabr kuni keçga borib Ryazanda topilgan portlovçi moddalar haqidagi gaplar özgara boşlaydi. Jumladan, soat 19:35 da NTV telekanalida efirga berilgan «Kun qahramoni» körsatuvida FXXning jamoatçilik bilan aloqalar markazi rahbari Aleksandr Zdanoviç mehmon böladi.

Uning ta’kidlaşiça, dastlabki xulosalarga köra, Ryazanda topilgan sumkalarda portlovçi modda va uskuna bölmagan. Faqat «portlovçi moddaning ayrim elementlari» topilgan.

Aleksandr Zdanoviç. Bu şaxs Stalin qatağonlarini oqlab çiqqan şaxslardan biri hisoblanadi.
ria.ru

Şuningdek, NTV telekompaniyasida berilgan lavhada ekspertiza çoğida şubhali qoplardan portlovçi moddalar topilmagani aytiladi.

Ryazanda topilgan şubhali qoplar böyiça eng qiziq gap 24 senyabr kuni Rossiya içki işlar vazirligida jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça ötkazilgan yiğilişda aytiladi.

Unda sözga çiqqan Rossiya içki işlar vaziri Vladimir Ruşaylo jinoyatçilikning oldini oliş va unga qarşi kuraş masalalarida gapirib, Ryazandagi hodisa haqida şunday deydi:

«Ijobiy özgarişlar bor. Keça Ryazandagi turar joy binosi portlatilişining oldi olingani şundan dalolat beradi».

Ruşayloning bu bayonotidan yarim soat ötgaç, öşa paytda FXX direktori lavozimida işlagan Nikolay Patruşev Federal xavfsizlik xizmati Ryazanda terrorizmga qarşi maşğulotlar ötkazgani va qoplarda heç qanday portlovçi modda bölmaganini ma’lum qiladi.

Rossiya sobiq içki işlar vaziri Vladimir Ruşaylo
gazeta.ru

1999 yil 4 oktyabr kuni «Novaya gazeta – Ponedelnik» gazetasi FXXning Ryazan şahar bölimi şubhali maşina haqida birinçi bölib politsiyaga xabar bergan Aleksey Kartofelnikov va soxta terrorçilarning telefon qönğiroqlari haqida xabar bergan şahar aloqa bölimi xodimi Yuxnovani qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlagani haqida xabar beradi.

Gazetada Yuxnovaning şunday sözlari keltirilgandi:

«Menda kasbiy burç muhim rol öynadi. Şubhali suhbatni eşitib qoldim. Ular Moskvaga qönğiroq qildi: «Birin-ketin çiqib ketinglar, hamma joyda reyd bölyapti...» Men darhol suhbat haqida rahbariyatga xabar berdim, keyin nima bölganini özingiz bilasiz...  Albatta, öquv maşqlari kerak. Lekin bunday tarzda emas. Odamlar bilan yumşoqroq işlaş kerak. Hali ham hamma stressda ...»

 FXX Ryazandagi hodisaga aloqador edimi?

Ryazanda topilgan qoplardagi modda avvaliga portlovçi modda deyiladi. Keyinçalik FXX öquv maşğulot ötkazgani va qoplarda oddiy şakar bölgani aytiladi.

Şuningdek, Ruşayloning bayonoti va boşqa köplab gap-sözlar odamlarda şubha tuğdiradi. Omma orasida FXX nafaqat Ryazandagi işga, balki Böynoq, Moskva va Volgodonsk şaharlaridagi portlaşlarga ham aloqador degan miş-mişlar tarqaydi.

2000 yil kuzida NTV telekanalida namoyiş etiladigan «Mustaqil tergov» körsatuvlaridan birida Ryazandagi öşa uyning aholisi va FXX xodimlari örtasida munozara bölib ötadi.

Ryazandagi köp qavatli uy yertölasiga portlovçi moddalarni joylagan şaxslarni körib qolgan Aleksey Kartofelnikov
bolshoyforum.com

Köp qavatli uyda yaşovçilar nomidan Aleksey Kartofelnikov va boşqalar gapiradi. FXX pozitsiyasini öşa paytda FXXning jamoatçilik bilan aloqalar bölimini boşqargan Aleksandr Zdanoviç, Aleksandr Sergeyev va Stanislav Voronov gapirişadi.

Şuningdek, munozarada yozuvçi Konstantin Preobrajyenskiy, portlovçi moddalar böyiça ekspert Rafayel Gilmanov, professor Aleksandr Portnov, huquqşunos Pavel Astaxov va boşqalar iştirok etadi.

Keyinçalik, körsatuv boşlovçisi Nikolay Nikolayev FXX vakillarining «dalillari»ni juda zaif deb ataydi va ular köp qavatli uyda yaşovçilarni sözlariga işontira olmaganini ta’kidlaydi. Bu gapdan söng Nikolayev FXX tomonidan doimiy kuzatuv ostiga olinadi va boşlovçi bir muddat xorijga çiqib ketişga majbur böladi.

FXXning teraktlarga aloqadorligi versiyasini qöllab-quvvatlovçilar Ryazanda şubhali qoplarni köp qavatli uyning yertölasiga joylagan şaxslarning qölga olinişini misol tariqasida keltiradi.

Ularga köra, Ryazan viloyati IIB xodimlari tomonidan şubhali qoplarni köp qavatli uy yertölasiga joylagan ikki erkak va bir ayol köp ötmay qölga olinadi.

Dastlabki suriştiruvdayoq ular FXXning boş idorasida işlaşi aniq böladi va Moskvadan ularni ozod qiliş talab etiladi. Militsiya ularni qöyib yuboradi.

Ryazandagi köp qavatli uy yertölasiga şubhali qoplarni joylaştirgan şaxslarning fotorobotlari
yaplakal.com

2002 yilda rossiyalik taniqli jurnalist Rustam Orifjonov «Soverşenno sekretno» gazetasida Ryazan hodisasi haqida batafsil maqola çop etadi. Unda militsiya tomonidan hibsga olinganlar haqida heç narsa deyilmagan. Biroq boşqa qiziqarli ma’lumotlar bor.

Uşbu maqolaga köra, uç nafar FXX zobiti Ryazandagi köp qavatli uyga portlovçi modda solingan qoplarni joylaştirgandan söng oradan bir kun ötib, 1999 yil 23 sentabrda Moskvaga qönğiroq qiladi.

Söng ular FXX boş idorasining körsatmasi bilan belgilangan joyga zudlik bilan etib boriş töğrisida körsatma oladi va Ryazanni turli yöllar orqali, boşqa-boşqa vaqtlarda tark etadi. Şahar aloqa bölimi xodimi Yuxnova ularning telefondagi suhbatini eşitib qolib, «tegişli joy»ga xabar bergandi.

24 sentabr kuni Patruşev tomonidan «Ryazanda öquv-maşğuloti ötkazilgani» haqidagi bayonot «Ryazan operatsiyasi»ga boşçilik qilgan guruh komandiri tomonidan FXX boş idorasiga berilgan hisobotdan keyin gapirilgan.

Boris Berezovskiy yana bir rossiyalik milliarder Roman Abramoviç bilan
alamy.com

2002 yilda Rossiyalik taniqli milliarder Boris Berezovskiy tomonidan moliyalaştirilgan Liberal Rossiya partiyasi taşabbusi bilan 1999 yilda Rossiyada köp qavatli uylarda sodir bölgan portlaşlar va Ryazan şahridagi hodisani taftiş qiliş komissiyasi tuziladi. Unga Duma deputati Sergey Kovalyov rahbarlik qiladi.

Komissiya yiğilişlaridan biri haqida FXX Jamoatçilik bilan aloqalar markazi şunday deydi: «Biz şubhali odamlarning reklama kampaniyasida qatnaşiş niyatimiz yöq, ular bilan tortişuvlarga kirişmoqçi ham emasmiz».

Portlaşlar va Ryazandagi hodisa haqida muqobil versiyalar

Köpgina tadqiqotçilar va jurnalistlar uzoq yillardan buyon (hodisaga 25 yil böldi) rasmiy tergov natijalari bilan rozi emas va portlaşlar FXX tomonidan taşkil etilgan degan versiyani qöllab-quvvatlamoqda.

1999 yil 4-16 sentabr kunlari Rossiyada turar joy binolarida sodir bölgan portlaşlar haqidagi muqobil nazariyalar voqealarning rasmiy versiyasidan keskin farq qiladi.

Rasmiy versiyaga köra, uylarning portlaşlarini çeçenlarning «Kavkaz» öquv markazining noqonuniy qurolli guruhi rahbarlari uyuştirgan. Hattob va Abu Umar va ular tomonidan yollangan Şimoliy Kavkaz jangarilari guruhlari tomonidan amalga oşirilgan.

1999 yilda Moskvadagi portlatilgan köp qavatli uy
rt.com

Eng keng tarqalgan versiyaga köra, 1999 yil sentabr oyida turar joy binolaridagi portlaşlar Rossiya rasmiylari, şu jumladan FXX tomonidan uyuştirilgan.

Uşbu versiya tarafdorlari portlaşlar amaldagi hokimiyat uçun foydali bölgan va aksinça, jangarilar uçun umuman foyda keltirmagan deb hisoblaşadi.

Ta’kidlanişiça, aynan portlaşlardan keyin Vladimir Putin öz reytingini oşirişga va natijada 2000 yilgi prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonişga muvaffaq bölgan.

Bu versiyani ilgari suradiganlar Rossiya nega bu işni qilganiga ikkita omilni keltiradi. Birinçisi, aynan şu portlaşlar tufayli FXX Rossiya siyosiy hayotidagi rolini kuçaytirib olgan.

Ikkinçi omil, Rossiyaning Ikkinçi çeçen uruşini boşlaşi uçun oqlovlar. Ya’ni «mana, çeçen terrorçilari Rossiyada aholini tinç yaşaşga qöymayapti, biz ularga qarşi çora körişga majburmiz», qabilida.

Portlaşlarni FXXning özi uyuştirgan degan versiyalar avvaliga ança işonçsizday tuyuladi. Biroq 2001 yilda tarixçi Yuriy Felştinskiy va sobiq FXX zobiti Aleksandr Litvinenko tomonidan «FXX Rossiyani portlatmoqda» degan kitob e’lon qilingaç şubhalar yanada kengroq tarqaldi.

Litvinenko zaharlanişidan oldin va keyin
alamy.com

Ma’lumot uçun, Aleksandr Litvinenko 1998 yil dekabrda FXXdan işdan böşatilgaç, 2000 yilda Britaniyadan siyosiy boşpana olgan va Londonga köçib ötgandi. Keyinçalik 2006 yilda uni Londonda plutoniy bilan zaharlab öldirişadi. Britaniya politsiyasi sobiq FXX xodimining ölimida Rossiya tomonini ayblab çiqqandi.

Tarixçi va Litvinenko hamkorlikda yozgan kitob ilk marta «Novaya gazeta» gazetasining maxsus sonida çop etiladi. Kitobda Litvinenko mutlaqo maxfiy hisoblangan juda köp ma’lumotlarni oşkor qilgan.

Litvinenkoga köra, portlaşlarga çeçen terrorçilarining ham aloqasi bor. Biroq operatsiyalar FXXning yöl-yöriği böyiça davom ettirilgan. Ya’ni terrorçilar FXXga xizmat qiladigan hammaslaklarining körsatmalari bilan işlagan.

Portlaşlarga FXX aloqador deydiganlarning yana bir «dalili» – çeçen terrorçilarining birorta guruhi portlaşlarga aloqasi borligini tan olmagan.

2003 yilda FXXning yana bir sobiq xodimi Mixail Trepaşkin Ryazandagi uy yertölasiga geksogen moddasini joylaştirgan şaxslarning fotorobotlari almaştirib qöyilganini aytib çiqdi.

Trepaşkin fotorobotdagi şaxslardan birini taniganini, u FXX xodimi Vladimir Romanoviç ekanini, keyinroq esa Romanoviçning fotoroboti boşqa surat bilan almaştirib qöyilganini aytgandi.

Sobiq FSB xodimi Mixail Trepaşkin

Rossiya va FXXning ayblovlarga munosabati

Moskva meri Yuriy Lujkov birinçilardan bölib portlaşlarga FXXning aloqadorligini yolğon deb çiqqandi. U portlaş oqibatlarini bartaraf etiş böyiça ötkazilgan tahlillarda aktiv iştirok etganini va ularda «çeçenlar izi» borligini aytgandi:

«Uşbu teraktlarning mohiyati ma’lum. Öşa paytda FXXda mavjud bölgan tezkor ma’lumotlarga köra, ularni amalga oşirgan şaxslarning şaxsi aniqlangan. Bu, albatta, Çeçeniston».

Lujkovning fikriça, Böynoq, Moskva va Volgodonskda sodir bölgan portlaşlarda hokimiyatning iştiroki haqidagi nazariya «siyosat maydoniga qaytişni maqsad qilgan» Boris Berezovskiy tomonidan öylab topilgan.

Şuningdek, rossiyalik yana bir taniqli siyosatçi Anatoliy Çubays Berezovskiy tomonidan aytilgan «portlaşlarga FXX va Rossiya hukumatining iştiroki» haqidagi gaplarga qöşilmasligini ma’lum qilgan.

Anatoliy Çubays
rbc.ru

FXXning jamoatçilik bilan aloqalar boşqarmasi boşliği Andrey Laryuşin FXX portlaşlar haqidagi savollarga bir neça marta javob berganini, FXXning saytiga kirib portlaşlar böyiça ötkazilgan suriştiruvlar haqida ma’lumotlarni köriş mumkinligini aytgan.

U Berezovskiy omma e’tiborini öz partiyasiga qaratiş va uning obrösini oşiriş uçun portlaşlarni Rossiya hukumati va FXXga boğlaganini qöşimça qilgan.

Moskva, Böynoq va Volgodonskdagi portlaşlarga hamda Ryazanda sodir bölgan hodisaga 25 yil böldi. Biroq ular atrofidagi bahslar hamon tingani yöq. Hanuzgaça öşa fojialar haqida turli fikrlar aytiladi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi.