Donald Trampga suiqasd uyuştirilganidan söng boşlangan içki tergov AQŞ sobiq prezidentini qöriqlaş bilan boğliq jiddiy kamçiliklarni tasdiqladi, deb yozdi The Washington Post (WP) tergov bilan taniş bölgan ikki yuqori martabali hukumat amaldoriga tayanib.

Ularning ma’lumotlariga köra, tergov davomida Maxfiy xizmat xodimlari mahalliy politsiyaga öq otilgan binoning tomini qöriqlaş böyiça körsatma bermagan. Bundan taşqari, Maxfiy xizmat xodimlari ehtimoliy tahdidlarni kuzatişi kerak bölgan radio xonasi vaziyatni va taşqi perimetrni kuzatayotgan mahalliy politsiyadan real vaqt rejimida xabarlarni qabul qila olmagan. Mahalliy politsiya faqat bir nafar Maxfiy xizmat xodimiga otişmaçi bölib çiqqan şubhali şaxs haqida xabar bergan. Şunday qilib, ehtimoliy tahdid haqida ogohlantiriş Maxfiy xizmat radiosi orqali keng tarqatilmagan.

Hukumat vakillarining aytişiça, tergov natijalari kelasi hafta e’lon qilinişi mumkin. Maxfiy xizmat direktori vazifasini bajaruvçi Ron Rou 12 sentabr kuni Senat Milliy xavfsizlik qömitasi va Vakillar palatasi tergov guruhiga böşliqlarni bartaraf etiş uçun kuçaytirilgan xavfsizlik çoralarini körişni buyurganini aytdi, dedi VP manbalaridan biri. Uning sözlariga köra, gap, xususan, AQŞ prezidentligiga nomzodlarning omma oldida çiqişlari vaqtida Maxfiy xizmat va mahalliy politsiya xodimlarini bitta qömondonlik markaziga joylaştiriş haqida ketmoqda.

Trampga suiqasd 13 iyul kuni keçqurun Pensilvaniya ştatining Batler şahridagi saylovoldi taşviqoti mitingidagi çiqişi vaqtida sodir böldi. Politsiya ma’lumotlariga köra, oqibatda bir kişi halok bölgan, ikki nafari oğir yaralangan. Federal qidiruv byurosining ma’lum qilişiça, suiqasdni 20 yoşli Tomas Metyu Kruks uyuştirgan, u otib öldirilgan.

AQŞ Maxfiy xizmat direktori Kimberli Çitl 22 iyul kuni Vakillar palatasining nazorat qömitasida bergan körsatmasi paytida tanqidlar ostida qolib, iste’foga çiqdi. «Direktoringiz sifatida men xavfsizlik böşliği uçun töliq javobgarlikni öz zimmamga olaman», deb yozgan u Maxfiy xizmat xodimlariga yöllagan yakuniy maktubida.