Ğarb davlatlari Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan mablağlarining bir qismini Ukrainaga beriş yöllarini kelişayotgan, politsiya esa oligarxlarning yaxtalari va boşqa mol-mulklarini qidirayotgan bir paytda Kreml çet elda milliy budjetning yarmiga teng yangi valuta zaxiralarini töplaşga muvaffaq böldi, deb yozadi The Moscow Times.

Germaniya xalqaro xavfsizlik tadqiqotlari instituti ilmiy xodimi Yanis Klyugening Rossiya Markaziy banki statistik ma’lumotlari asosida tayyorlagan tahlillariga köra, 2022 yil boşidan beri rossiyalik rezidentlar çet el hisobraqamlarida 180 milliard dollar töplaşga erişgan.

Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan Rossiyaning xalqaro investitsiya pozitsiyasi töğrisidagi ma’lumotlarda uşbu mablağlar «boşqa investitsiyalar», «ssudalar, qarzlar, naqd pul va depozitlar», şuningdek, «boşqa qarzlar» sifatida qayd etilgan.

Klyugening yozişiça, «soyadagi zaxiralar» eksport bilan şuğullanuvçi yirik kompaniyalarning pullari bölişi mumkin: 2022 yilda Rossiya rekord darajada xomaşyo daromadi (591,5 milliard dollar) va tölov balansi profitsini (227,4 milliard dollar) oldi — 2023 yilda bu kamaygan bölsada, sezilarli darajada saqlanib qolgan (118,3 milliard dollar). Bunday hajmdagi valuta na Rossiya hisobraqamlariga, na Markaziy bankning sanksiyalar ostidagi zaxiralarga kelib tuşgan.

Xorijda töplangan zaxira mablağlari Rossiya federal budjetining (406 milliard dollar) yarmiga teng, bu Markaziy bankning butun oltin zaxirasi (188 milliard dollar) bilan taqqoslanadi va özining valuta zaxiralaridan deyarli ikki barobarga köp. Markaziy bank 613 milliard dollarlik oltin-valuta zaxirlari borligini, ularning 369 milliard dollarini xorijiy valutalar taşkil etişini ma’lum qilgan — mablağlarning 300 milliard dollardan ortiq qismi esa sanksiyalar sabab muzatilgan. Regulyator ixtiyorida mavjud mablağlar — bu 100 milliard Xitoy yuanidir.

«Soyadagi zaxiralar» haqida ma’lumot kam: ular qaysi davlatlarga, qanday valuta yoki aktivlar körinişi joylaştirilgani sirligiça qolmoqda. Ğarb davlatlari statistikasida bu mablağlar körinmayapti, şu boisdan Kreml valutalarni öziga «döst» deb hisoblaydigan mamlakatlarga joylaştirgan. Bular Rossiya bilan katta savdo defitsitiga ega Turkiya yoki Hindiston bölişi mumkin.

Klyugening ta’kidlaşiça, «soyadagi zaxiralar» neft narxi tuşib ketsa, eksport daromadlari qisqarsa, valuta oqimi import uçun tölovlarni qoplamay qöysa mamlakat iqtisodiyoti uçun yordamga keladi. Ularning qançasi likvid va qançasini Rossiyaga olib kiriş mumkin — noma’lumligiça qolmoqda.

Rossiya «soyadagi zaxiralarining» asosiy qismini 2022 yilda jamğarişga muvaffaq bölgan, ammo hozir ham ularning qiymati sekin-asta bölsada oşib bormoqda. Rossiya Markaziy banki buni mamlakat korxonalari duç keladigan tölov muammolari bilan izohlayapti.

Regulyator tomonidan e’lon qilingan statistikaga köra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida Rossiya kompaniyalari xorijiy aktivlarni 44,6 milliard dollarga oşirgan. Mablağlarning katta qismi «xalqaro tölovlar zanjirlarining murakkablaşişi» bilan boğliq, buning natijasida biznesda «debitorlik qarzlari» paydo böladi.