Forum doirasida taşkil etilgan yalpi majlisning oçilişi marosimida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ma’ruza qildi.
Senat raisi öz nutqi davomida Özbekistonda xotin-qizlarning manfaatlari davlat siyosati darajasiga kötarilganligi va ularning barça jabhalarda faolligini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan kompleks dasturga töxtalib ötdi.
Ayniqsa, bu boradagi erişilgan amaliy natijalar forum iştirokçilarining e’tiborini tortdi.

Jumladan, mamlakatda sönggi 7 yil içida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni 27 foizdan 35 foizga oşgani, parlament faoliyatida esa 32 foizga yetgani, bu Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tavsiyalariga mos kelişi qayd etildi.
Şuningdek, amalga oşirilgan islohotlar joriy yilda Jahon banki özining “Ayollar, biznes va huquq” hisobotida Özbekistonni gender tenglikni ta’minlaşda eng katta yutuqlarga erişgani xalqaro miqyosda yuqori baholanib, boşqa davlatlarga namuna sifatida e’tirof etildi.
Forum öz işini davom ettirmoqda.












