1 dekabrdan boşlab Moskva aeroportlarida sinov tariqasida Rossiyaga kirib kelayotgan xorijliklarning fotosurati va barmoq izlarini oliş tartibi işga tuşiriladi. Bu haqda Rossiya içki işlar vazirining birinçi örinbosari Aleksandr Gorovoy ma’lum qildi.

«Bu hali tajriba. Algoritm sinovdan ötkazilgandan söng, hukumat FXX xodimlari bilan birga uni barça çegara ötiş joylarida joriy qiliş masalasini körib çiqadi», dedi u.

Moskva «çet el fuqarolari kirib keluvçi an’anaviy va yirik transport markazi» bölgani uçun sinov ötkaziladigan joy sifatida tanlangan.

Şu bilan birga, xuddi şunday nazorat tizimi Qozoğiston bilan çegaradoş Orenburg viloyatidagi «Maştakovo» çegara nazorat punktida ham paydo böladi.