Rossiyada asalarilarning ommaviy nobud bölişi oqibatida asal narxi qimmatlaşmoqda. Bu fermerlar tomonidan işlatiladigan pestitsidlar bilan boğliq, dedi Rossiya asalariçilar uyuşmasi raisi Valeriy Kapunin.

«Ölimning birinçi sababi, albatta, asalarilar va butun atrof-muhitga zararli ta’sir körsatadigan pestitsidlardir. Fermerlar bugungi kunda pestitsidlardan nazoratsiz foydalanmoqda», dedi mutaxassis.

Uning sözlariga köra, muammoni hal qiliş uçun Özbekistondan asalari keltirilyapti. Ammo janublik haşarotlar Rossiya şaroitiga moslaşişda qiynalmoqda va köpinça qişki sovuqda nobud bölmoqda.

Asalarilarning yöqolib ketişi sabablaridan yana biri - asalariçilarning xatolari, ulardan kamçiligi maxsus kurslarda öqib, öz hunarini örgangan, dedi Kapunin.

Qayd qilinişiça, Rossiyaning asosiy asal işlab çiqaruvçi hududlarida asalarilarning ommaviy nobud bölişi fonida asal narxi 30-50 foizga oşib ketgan.