Kongress Vakillar palatasi AQŞ prezidentligi va vitse-prezidentligiga nomzodlar xavfsizligini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlarni joriy etişga qaratilgan qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi, deb xabar berdi Interfax.
Loyihani 405 deputat yoqladi, heç kim unga qarşi çiqmadi. Qonun loyihasini ma’qullaş uçun deputatlarning 2/3 qismi ovoz berişi kerak edi.
Qonun loyihasi Maxfiy xizmatlar «prezidentlar, vitse-prezidentlar, prezidentlik va vitse-prezidentlikka asosiy nomzodlarni himoya qiliş uçun zarur bölgan xodimlar sonini aniqlaşda bir xil standartlarni qöllaşini» nazarda tutadi.
Endi qonun loyihasi körib çiqiş uçun Senatga yuboriladi.
NBC ma’lumotlariga köra, Kongressning ikkala palatasi a’zolari, şuningdek, hukumatni moliyalaştiriş töğrisidagi qonun loyihasiga nomzodlarni himoya qiliş uçun Maxfiy xizmatga qöşimça mablağ ajratişni kiritişni ham muhokama qilmoqda.
15 sentabr kuni Floridada prezidentlikka nomzod Donald Tramp bölgan golf klubi yaqinida otişma sodir böldi. Huquq-tartibot idoralarining uç nafar yuqori martabali xodimiga köra, Trampga suiqasd uyuştirişda gumon qilingan şaxs qölga olindi. Bu 58 yoşli Rayan Uesli Raut bölib çiqdi. Aytilişiça, u avtomat bilan qurollangan va Tramp öynayotgan golf klub yonida bölgan.
Iyul oyida Pensilvaniya ştatida Tramp saylovoldi taşviqoti tadbirida bir kişi öt oçib, sobiq prezidentning quloğiga jarohat yetkazgan va bir kişini öldirgan edi.












