Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) Boş assambleyasi Qirğizistonning Rossiya va Belarus şaxmatçilariga nisbatan sanksiyalarni bekor qiliş taklifini rad etdi. 22 sentabr, yakşanba kuni u yetarliça ovoz ololmadi: 21 delegat sanksiyalarning töliq bekor qilinişi uçun ovoz berdi, 41 davlat qarşi çiqdi, 27 nafari esa betaraf qoldi yoki qatnaşmadi, deb xabar beradi Reuters.

Şu bilan birga, Budapeştda Boş assambleya FIDE kengaşiga 12 yoşgaça bölgan yoki imkoniyati çeklangan rossiyalik va belarusliklarni musobaqalarga qabul qiliş imkoniyatini örganiş va bu borada Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) bilan maslahatlaşiş uçun ovoz berdi, deya xabar qiladi AFP va Reuters.

Rossiya va Belarus 2022 yilda Moskva Ukrainada keng kölamli uruş boşlaganidan söng FIDEdan çiqarib yuborilgan va bu ularni xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnaşişdan mahrum qilgan.

2024 yil iyun oyida FIDE Etika komissiyasi Rossiya şaxmat federatsiyasini ikki yilga xalqaro federatsiya a’zoligidan mahrum qildi. Bunday qaror Ukraina şaxmat federatsiyasining Rossiya tuzilmasining Qrimdagi, şuningdek, Ukrainaga qarşi uruş davrida bosib olingan hududlardagi «faol faoliyati» haqidagi şikoyatidan söng qabul qilindi. Ikki oy ötgaç, Etika komissiyasining Apellyatsiya palatasi Rossiya federatsiyasini çiqarib yuboriş töğrisidagi qarorni bekor qildi, buning örniga Rossiya 45 ming yevro jarimaga tortildi.