Olmaliq şahrida joylaşgan ixtisoslaştirilgan Buxoro maktabida 12 öquvçi yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda Toşkent viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi ma’lum qildi.

Holatni örgangan Bolalar ombudsmani maktab öquvçilari maktab hududidagi filtrlanmagan suv iste’mol qilişi natijasida soğligidan şikoyat qilganini ma’lum qilgan. Taşkilotga köra, 15 sentabr kunidan 19 sentabr kuniga qadar 12 nafar öquvçi ötkir içak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bölimiga murojaat qilgan. Ma’lum qilinişiça, Maktab öquvçilarining soğligi ijobiy, ularning 7 nafariga uyida davolanişga javob berilgan.

Holat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boşqarmasi va Toşkent viloyati Suvta’minoti AJ tomonidan ham örganilgan. Özsuvta’minotga köra, Olmaliq şahar suvta’minoti korxonasi xodimlari hamkorligida suvdan oziq-ovqat mahsulotlari va boşqa vositalardan kimyoviy tahlil namunalari olingan. Şuningdek, hududda yaşovçi aholidan içimlik suv sifati böyiça ma’lumotlar olingan va ularda e’tiroz, içimlik suv sababli soğliğida şikoyatlar yöqligi aniqlangan. “Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boşqarmasi Olmaliq şahar bölimi tomonidan 20 sentabrda Buxoro maktabida olingan 4 ta içimlik suv namunalari xulosasiga köra, içimlik suv belgilangan me’yor talablariga javob beradi. Bu esa yuqorida qayd etilgan kasallangan öquvçilarining içimlik suviga aloqasi yöqligini körsatadi”, – deyiladi Özsuvta’minot munosabatida.

Holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi, Bolalar ombudsmani va Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tekşiruv işlari olib borilayotgani bildirilgan.