Özbekistonda yil yakunigaça 16 qavatdan yuqori binolar quriş böyiça Toşkent arxitektura-quriliş universiteti qoşida alohida Konstruktorlik byurosi taşkil qilinadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.

Yiğilişda Şaharsozlik normalari va qoidalarining 38 tasi röyxatdan ötmagan, yana 13 tasi yangilanmagani ta’kidlandi.
Şu bois quruvçilar zamonaviy obekt qurişda loyihaga maxsus texnik şart oliş uçun qöşimça vaqt va mablağ sarflamoqda, bu esa tannarxga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Qurilişdagi özgarişlardan orqada qolib ketmaslik uçun Şaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab boriş kerakligi ta’kidlandi.
Şu munosabat bilan Quriliş va Adliya vazirliklariga bir oyda 38 ta Şaharsozlik normalari va qoidalarini röyxatdan ötkazib, amaliyotga joriy qiliş, 1 martga qadar 16 qavatdan yuqori binolar, savdo kompleksi va parkinglar böyiça milliy normalarni hamda yana 13 ta Şaharsozlik normalari va qoidalarini işlab çiqiş topşirildi.











