Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida quriliş industriyasi va quriliş materiallari işlab çiqarişni rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.

Yiğilişda sohaga yuqori texnologiya, ilm va innovatsiyani joriy qiliş işlari bugungi kun talabiga mos kelmasligi qayd etildi. Qurilişdagi özgarişlardan orqada qolib ketmaslik uçun Şaharsozlik normalari va qoidalari (ŞNQ) muntazam yangilab boriş kerakligi ta’kidlandi. Quriliş va Adliya vazirligiga bir oyda 38 ta ŞNQ röyxatdan ötkazib, amaliyotga joriy qiliş, 1 martga qadar 16 qavatdan yuqori binolar, savdo kompleksi va parkinglar böyiça milliy normalarni hamda yana 13 ta ŞNQ işlab çiqiş topşirildi. Yil yakunigaça 16 qavatdan yuqori binolar quriş böyiça Toşkent arxitektura-quriliş universiteti qoşida alohida Konstruktorlik byurosi taşkil qilinişi belgilandi.

Ötgan yili hokimlarga xususiy sektorni jalb qilib, «master reja» işlab çiqişga ruxsat berildi. Bundan maqsad – kiçik hududlarni belgilab, uy-joy quriş, turizm, savdo va servisni rivojlantirsa böladigan joylarga tadbirkorlarni jalb qiliş edi. Bu borada Buxoro, Navoiy viloyatlaridagi 85 ta hududning «master rejasi»ni işlab çiqiş boşlangan. Lekin, qolgan viloyatlar hali masalani içiga kirmagani tanqid qilindi. Viloyat hokimlariga yil yakunigaça kamida 10 tadan hududining «master reja»sini işlab çiqiş topşirildi.

Bundan taşqari, 106 ta tuman-şaharda 136 ta «master reja» qiliş böyiça topşiriq berilgan. Hozirgaça şundan 21 tasi işlab çiqilgani, Andijon va Xorazmda esa birorta «master reja» tayyormasligi körsatib ötildi. Qoloqliklarni tezkor bartaraf etiş böyiça viloyat hokimliklariga vazifa qöyildi.

Ötgan yili 1 ming 600 ta obekt qurilişi röyxatdan ötkazilmasdan boşlangan bölsa, yil boşidan 2 ming 200 taga yetgan. Bundan taşqari, quriliş obektlari toifasiga qarab oyiga kamida 2-4 marta nazoratdan ötkazilişi zarur. Lekin 8 oy içida 1 ming 150 ta obektga inspektor bir marta borgan. Oqibatda joylarda pala-partiş quriliş köpayib, aholi e’tiroziga sabab bölayapti.

Quriliş vazirligi, Quriliş sohasidagi nazorat inspeksiyasi, Boş prokuraturaga qurilişda byurokratik tösiqlar va korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarini kuçaytiriş topşirildi. Quriliş inspeksiyasining hududiy boşqarmalarida quruvçi-operatorlar ştabi taşkil qilinişi belgilandi. Nazorat inspektorlari bodikamera bilan ta’minlanadi.

Şuningdek, yiğilişda davlat obektlarini loyihalaş va qurişda haligaça «resurs» usulidan foydalanilayotgani qayd etildi. Kelasi yil 1 yanvardan qurilişda «resurs» usulidan voz keçib, «hajm» usuliga ötiş rejalaştirilgan. Vazirlar Mahkamasiga bu tizimni işlatiş tartibini işlab çiqiş topşirildi.

Mutasaddilarga öquv kurslarini taşkil qilib, loyihaçi, pudratçi va nazoratçilarni yangi tizimda işlaşga öqitiş, kelgusi yil investitsiya dasturiga kiradigan 1 ming 300 dan ziyod obekt «hajm» usulida qurilişini ta’minlaş topşirildi.

Prezident har bir viloyatda taşkil qilingan Şaharsozlik kengaşi faoliyati böyiça ham e’tirozlar köpligini ta’kidladi. Kengaşga kiritilgan loyihalarni körib çiqiş va kelişiş 6 oygaça çözilmoqda. Loyihalar Şaharsozlik kengaşiga kiritilişdan oldin tumandagi Sanepidnazorat va yonğin xavfsizligi bilan kelişiladi. Vaholanki, ularning rahbarlari kengaş tarkibida ötiribdi.

Endi Şaharsozlik kengaşi faoliyati bilan boğliq jarayonlar töliq raqamlaştiriladi. Bunda barça loyihalar kengaşga «Şaffof quriliş» platformasi orqali elektron kiritiladi. Loyiha hujjatlari böyiça SES va yonğin xavfsizligi tuman bölimidan alohida xulosa oliş bekor qilinadi.

Kengaş a’zolari loyihani quyi tizimi bilan şu platformada elektron kelişadi, loyihani körib çiqiş muddati 15 kundan oşmasligi zarurligi ta’kidlandi. Uşbu tartibni 1 dekabrdan Toşkent şahrida, kelgusi yil 1 apreldan qolgan viloyatlarda joriy qiliş topşirildi.

Quriliş sohasidagi işçilar malakasini baholaydigan tizim joriy qilinadi. Bunda işçi-kasblarga malaka darajasi va iş örinlariga aniq talablar belgilanadi, bu darajani oliş uçun işçilar profta’lim muassasalarida öqitiladi. Işni mustaqil yoki şogird sifatida örganganlarga sertifikat oliş uçun malaka imtihonidan ötişi kifoya qiladi.