Rossiya Boltiq dengizidagi gaz quvurlari, ma’lumot uzatiş kabellari, şamol stansiyalari va harbiy infratuzilma haqida muntazam ravişda ma’lumot töplaydi. Bunday xulosaga Germaniyaning NDR va WDR ijtimoiy-huquqiy telekanallari, şuningdek, Süddeutsche Zeitung gazetasi iştirok etgan «Rossiya josuslik kemalari» xalqaro loyihasi doirasida suriştiruvçi jurnalistlar kelişdi. Jurnalistlar uning natijalari haqida 24 sentabr, seşanba kuni xabar berişdi.
Rossiya RF kemalari yordamida muhim infratuzilmani kuzatmoqda
Ularning sözlariga köra, Rossiya muhim infratuzilmaga josuslik qiliş uçun sezgir gidroakustik va radiolokatsion uskunalar bilan jihozlangan «tadqiqot kemalari»dan foydalanadi. Rasmiy ravişda, bu kemalar okeanografik tadqiqotlar bilan şuğullanadi, ammo aslida ularning aksariyati Rossiya Mudofaa vazirligi yoki Rossiya Harbiy-dengiz floti ixtiyorida, deydi suriştiruv mualliflari.
Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri kamida 400 ta bunday kemalar 400 dan ortiq reysni amalga oşirgan, deydi Rossiya kemalaridan Morze alifbosida yuborilgan mingdan ortiq xabarlarni tahlil qilgan jurnalistlar. Ular, şuningdek, sun’iy yöldoş tasvirlarini ham örganib çiqdi.
Şimoliy va Boltiq dengizi - Rossiya maxsus xizmatlari diqqat markazida
Suriştiruv şuni körsatadiki, Şimoliy va Boltiq dengizi Rossiyaning josuslik harakatlari markazida. Rossiya kemalari kamida 60 marta zigzag trayektoriyasi böylab şubhali, öta sekin ötişni amalga oşirdi, aksariyat hollarda ularning Avtomatik identifikatsiya tizimi öçirilgan. Bunday manevrlar muhim infratuzilma obektlari yaqinida köp marta amalga oşirilgan.
Mutaxassislarning fikriga köra, bunday uslub ehtimoliy diversiyalarga tayyorgarlik köriş uçun obektlarni aniq ölçaş uçun işlatiladi. Suriştiruv mualliflarining söroviga javoban Germaniya federal razvedka xizmati rahbari Bruno Kal «juda aniq» tahdid haqida ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Rossiya harbiy sohada Ğarbga qarşi harakat qiliş imkoniyatini qöldan boy bermaslik uçun sur’atni tezlaştirmoqda.












