Prezident Şavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda.
Avvalo, alohida örnak körsatgan ta’lim sohasi xodimlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Prezident mamlakatimizning barça ta’lim-tarbiya xodimlarini Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etib, davlat mukofotlarini öz egalariga tantanali ravişda topşirdi.
Davlat rahbari sohada amalga oşirilayotgan katta işlar borasida ba’zi misollarni keltirdi.
Ötgan 7 yilda ta’limni rivojlantirişga jami 216 trillion söm mablağ yönaltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlaş uçun budjetdan 19,5 trillion söm sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta boğça rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.
Xususiy ta’limga keng imkoniyatlar yaratilayotgani tufayli xususiy maktablar soni 27 tadan 500 taga yetdi, nodavlat boğçalar 250 tadan 30 mingtaga köpaydi.
Bu moddiy resurslar birinçi navbatda intellektual-ma’naviy resurslar bilan töldirilişi kerakligi, şundagina ta’limda sifat, samara bölişi ta’kidlandi.
Intellektual-ma’naviy resurslar – bu avvalo öqituvçining bilim va tajribasi, mahorati, uning madaniy darajasi, ma’naviy saviyasi deganidir.
Albatta, bunday uyğunlikka erişiş oson emas. Buning uçun katta-katta mablağlardan taşqari ulkan insoniy resurs, bilim va tajriba, kadrlar salohiyati, eng muhimi, öqituvçilarning vatanparvarlik fazilatlari talab etiladi.
Ayni vaqtda, bugungi kunda ta’lim sohasida strategik tafakkur zarur. Bu nima degani?
Bu ön-ön beş yil oldinni körib, ta’lim maskanlarini faqat bugungi kun uçun emas, kelajak uçun işlaydigan darajaga kötariş degani.
Çunki ta’limda, ma’rifatda orqada qolganlar – heç şubhasiz, taraqqiyotda ham orqada qoladi. Bu – tarixda isbotlangan haqiqat.
«Har bir öqituvçi va murabbiy, boğça mudirasi, maktab direktori ma’lum ma’noda strateg bölişi zarur.
Ular avvalo el-yurt taqdiri va kelajagini hal qiladigan uluğ maqsadlar yölida xizmat qilayotganlarini çuqur anglab yetişlari va şu asosda harakat qilişlari lozim», - dedi davlat rahbari.

Ötgan davrda ilgari e’tibordan çetda qolgan yönalişlar, xususan, pedagogik ta’limga, uning ilmiy, nazariy va amaliy asoslariga e’tibor kuçaytirildi.
Kadrlar yetişmovçiligini bartaraf etiş uçun oliygohlarda sirtqi ta’lim şakli tiklandi.
Öqituvçilarga mahorati va erişgan yutuqlariga qarab tölanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oşirildi.
Öz ustida astoydil işlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming öqituvçi 10 million sömdan ziyod maoş olmoqda. 2020 yilda bunday öqituvçilar 102 nafar bölgan.
Albatta, bu hali yetarli emasligi, lekin uşbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oşgani ta’kidlandi.
Ötgan 5 yilda maktab ta’limida, ta’bir joiz bölsa, lokomotiv vazifasini bajaradigan 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi faoliyati yölga qöyildi.
Ana şu maktablar dasturlari asosida tabiiy va aniq fanlar böyiça zamonaviy darsliklar yaratilmoqda.
Eng muhimi, bu maktablar aniq samara bera boşladi. Uşbu maktablarni bitirgan 100 nafar yigit-qiz dunyoning TOP-100 oliygohlarida tahsil olmoqda.
Prezident maktablaridagi baholaş tizimi hozir 500 ta umumta’lim maktabida qöllanmoqda. Baholaşni samarali yölga qöygan 66 ta maktab jamoasiga 40 foizgaça ustama tölanmoqda.

Mamlakatda iqtidorli yoşlarni seleksiya yöli bilan tanlab oliş böyiça ilgari bölmagan yangi tizim yölga qöyildi.
Natijada bu yilning özida xalqaro fan olimpiadalarida öquvçilarimiz 122 ta medalni qölga kiritdi.
Maktab bitiruvçilarini oliy ta’limga qamrab oliş darajasi sönggi 7 yilda 4 karra oşdi.
Bu yil 310 ming nafar öğil-qizlarimiz oliygoh talabalari böldi. Ana şu yoşlarning qariyb yarmi qizlardir.
Bunday natija ilgari heç qaçon bölmagan.
«Yana bir bor aytaman: qança islohot qilmaylik, birinçi navbatda öqituvçining bilimi va kasb mahoratini oşirmas ekanmiz, sifatli ta’limni ta’minlay olmaymiz”, - dedi prezident.
Bugungi kunda davlat ta’lim muassasalarida 46 ming nafar, xususiy taşkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil davomida malaka oşirmagani afsus bilan qayd etildi.
Bu yil attestatsiya jarayonlari şaffof bölişi uçun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar qöllandi. Natijada 198 ming öqituvçidan 21 ming nafari malaka böyiça yetarli ball töplay olmadi.
Bu barçani taşvişga solişi kerak bölgan holat ekani körsatib ötildi.












