Ukraina harbiylari 29 sentabr, yakşanbaga ötar keçasi Rossiya Federatsiyasining Volgograd oblasti Kotluban poselkasida Rossiya Qurolli kuçlarining «raketa va artilleriya qurollarini saqlaş va modernizatsiya qiliş arsenali» nişonga olinganini ma’lum qildi. «Ombor hududida raketalarning yonişi va portlaşi davom etmoqda», — deya xabar berdi Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi özining Telegram-kanalida.

Postda ta’kidlanişiça, obekt kuçli radioelektron kuraş va havo hujumidan mudofaa qoplamiga ega bölgan, biroq Ukraina Qurolli kuçlari jangovar topşiriqni muvaffaqiyatli bajargan. Ukrainaning "Tsenzor.NeT" naşri Ukraina razvedkasidagi manbaga tayanib, uşbu zarbani amalga oşiriş uçun Ukrainada işlab çiqarilgan 120 ta kamikadze-dronlardan foydalanilganini yozmoqda.

Operatsiya Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi ("GUR") va Ukraina Xavfsizlik xizmati ("SBU") bölinmalari bilan hamkorlikda ötkazildi, deya xabar beradi Ukraina Boş ştabi. Ukraina harbiylariga köra, bir kun avval omborga Eron raketalari bölgan poyezd kelgan.

Sun’iy yöldoş tasvirida arsenalning yöq qilinişi körsatilmagan

Ayrim OAV sun’iy yöldoşdan olingan sönggi suratlarni tahlil qilib, Ukraina qurolli kuçlari Kotlubandagi öq-dorilar omboriga zarba bera olmagani haqida xabar berdi. 29 sentabrdagi suratda Ukraina dronlarining zarbasidan söng Boş raketa va artilleriya boşqarmasi arsenali yaqinida yonğin çiqqani, biroq yonğin öq-dorilar ombori hududiga ötmaganini köriş mumkin, deya ta’kidlaydi naşrlar.

Kotluban rahbari Igor Davidenko jurnalistlarga hujum natijasida yonğin boşlanganini va u harbiy qism yaqinidagi quruq ötlarga ötganini aytdi.