Kaliforniyadagi C-Crete Technologies kompaniyasi ğayrioddiy «C-Crete» betonini işlab çiqdi. Unda boğlovçi modda sifatida granitdan foydalanilgan. Nyu-Yorkda qurilayotgan 423 metr balandlikdagi osmonöpar binoning yuqori lobbisiga 9,2 kub metr hajmdagi yangi beton qoplamasi yotqizildi. Asosiy beton qoplama ustiga yotqizilgan bu qatlam binoning estetik körinişi va amaliy xususiyatlarini yaxşilaydi, deb xabar bermoqda New Atlas.

Yangi osmonöpar bino noyob materialdan quriladigan dunyodagi birinçi inşoot böldi.

Tsementga muqobil uşbu material işlov berilmagan granitni mayda yançib, söngra patentlangan texnologiya asosida qayta işlaş orqali olindi. Bunda u suv bilan özaro ta’sirlaşib, boğlovçi komponent vazifasini bajaradi. Jarayonning heç bir bosqiçi qizdirişni talab etmaydi.

An’anaviy sementda işlatiladigan ohaktoşdan farqli ölaroq, granit tarkibida karbonatlar mavjud emas. Ya’ni unga işlov berişda karbonat angidrid gazi çiqmaydi. Granit butun sayyora böylab tarqalgani sababli uni qazib oliş muammo tuğdirmaydi. Narxi jihatdan «C-Crete»ni an’anaviy beton bilan taqqoslasa böladi.

Foto: C-Crete Technologies 

Yangi material sifatidan tortib, mexanik xossalarigaça an’anaviy betonning barça xususiyatlariga ega. Bu mustaqil mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan.

An’anaviy beton uçta asosiy ingrediyentdan iborat: sement, töldiruvçi (masalan, qum/şağal) va suv. Tsement suv bilan aralaştirilganda kimyoviy reaksiyaga kirişib, aralaşmani bir-biriga boğlovçi qattiq modda hosil qiladi. Portlandsement ohaktoş va boşqa xomaşyolarni maydalaş, söngra olingan kukunni 1450 gradusgaça qizdiriş yöli bilan tayyorlanadi. Qizdiriş jarayonida köp miqdorda karbonat angidrid gazi hosil böladi.

Bundan taşqari, ohaktoş kuydirilganda, undagi karbonat angidrid gazi havoga ajralib çiqadi. Tsement işlab çiqariş bilan boğliq karbonat çiqindilari, inson omili tufayli yuzaga keladigan issiqxona gazlari çiqindilarining 5-8 foizini taşkil etadi.