Ma’lum qilinişiça, voqea 3-avgust kuni Buxoro şahridagi turar joy massivlaridan birida sodir bölgan. Ehtiyotsizlik oqibatida kiçik yoşli bola boşini beton teşigiga tiqib qöygan va uni mustaqil çiqara olmagan.
Xabar kelib tuşgaç, hodisa joyiga zudlik bilan Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qutqaruvçilari yetib borgan. Ular maxsus asbob-uskunalardan foydalanib, bolani jarohat yetkazmagan holda beton teşigidan çiqarib olgan.
Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi fuqarolarni, ayniqsa, yoş bolalarni nazoratsiz qoldirmaslikka hamda bunday noxuş holatlarning oldini oliş uçun xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.

















