Hukumat qarori bilan «Kasalliklarni ambulator şaroitda davolaşda dori vositalari xarajatlarini qoplaş böyiça reimbursatsiya dasturi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan bemorlarni ambulator şaroitda davolanişi uçun şifokor tomonidan rasmiylaştirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini beriş va berilgan dori vositalari qiymatini Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplaş (reimbursatsiya) tartibi belgilandi.

Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlaş Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi bilan şartnoma qilgan birlamçi tibbiy-sanitariya muassasasi şifokori tomonidan amalga oşiriladi.

Elektron retsept tibbiy axborot tizimida şifokor tomonidan rasmiylaştiriladi. Elektron retseptda har bir taşxis böyiça uçtagaça dori vositasi körsatilişi mumkin.

Elektron retseptning amal qiliş muddati rasmiylaştirilgan kundan boşlab 7 kalendar kunni taşkil qiladi.

Şifokor tomonidan rasmiylaştirilgan elektron retsept örnatilgan tartibda tasdiqlangandan söng axborot dasturi orqali Jamğarma bilan şartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravişda yuboriladi.

Reimbursatsiya dasturi doirasida iştirok etuvçi dorixonalarning berilgan dori vositalari böyiça sarf-xarajatlar mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida Jamğarma tomonidan tölab beriladi.