4 oktyabr, juma kuni Rossiyaning bir qator hududlarida fuqarolik mudofaasi maşqlari hamda yadroviy va kimyoviy ifloslaniş oqibatlarini bartaraf etiş böyiça maşğulotlar bölib ötdi, deb xabar berdi Baza Telegram-kanali. Maşqlar, xususan, Anapa, Ulyanovsk, Kogalim, Buzuluk, Snejinsk va boşqa şaharlarda ötkazildi.
Kimyoviy ifloslaniş oqibatlarini bartaraf etişga katta e’tibor qaratildi. Maşğulotlarga kiriş sifatida «duşman tomonidan infratuzilma obektlariga havodan yadroviy zarba beriş» holati işlatilgan.
Ikki kun oldin Rossiyada ommaviy ogohlantiriş tizimlarining keng kölamli tekşiruvi ötkazildi. Maşqlar Ximki, Omsk, Perm, Samara va boşqa bir qator şaharlarda bölib ötdi.
Peskov: Yadro qurolidan foydalaniş şartlarini harbiylar belgilaydi
Rossiya Federatsiyasining yangilangan yadroviy doktrinasiga muvofiq Rossiya tomonidan yadro qurolidan foydalaniş şartlari Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanişi kerak. Bu haqda 29 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiya 1» telekanali muxbiri Pavel Zarubinga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, rossiyalik harbiylar «qaysi qurollar qöllanayotgani va ular qanday qöllanayotganini (Ukrainadagi uruşda) yaqindan kuzatib boradi» va «e’tiborni susaytirmaydi». Peskov jurnalistning Putin tomonidan aytilgan yadro qurolidan foydalaniş uçun ba’zi şartlar allaqaçon mavjud ekanligi haqidagi sözlariga şunday izoh berdi.
Peskov şuningdek, «aslida, yadroviy kuçlar Ukraina atrofidagi mojaroda Ukraina tomonida iştirok eta boşlaganini» ta’kidladi va Kremlning «NATO infratuzilmasi Rossiya çegaralariga yaqinlaşayotgani» haqidagi pozitsiyasini takrorladi — göyo bularning barçasi «yadroviy doktrinaga va yadroviy tösiq böliş sohasidagi davlat siyosati asoslariga tuzatişlar kiritişni talab etgan». Putin matbuot kotibining sözlariga köra, bunday tuzatişlar allaqaçon tayyorlangan va şakllana boşlagan.












