Ijtimoiy tarmoqlarda bugun Toşkent aeroportida xorijdan uçib kelgan 37 yoşli ayol bojxona tekşiruvi paytida navbat kutayotib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga köra ayol vafot etmagan, soğligi yomonlaşgan va şifoxonaga yotqizilgan.

“Aeroportda bir ayol vafot etgani haqidagi xabarlar mutlaqo haqiqatga töğri kelmaydi. Bugun, 8 oktyabr kuni Dubay-Toşkent aviareysida uçib kelgan, 1986 yilda tuğilgan ayolning soğligi yomonlaşgan. Hozirda ayol şifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam körsatilmoqda”, deyiladi Boş prokuratura matbuot kotibi ma’lumotida.