«Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari «Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda xorijdan olib kelingan yirik miqdordagi sintetik narkotik moddaning mamlakatga olib kirilişiga çek qöydi.

Ma’lum qilinişiça, «Bangkok–Şarja–Toşkent» aviaqatnovi orqali kelgan 1994 yilda tuğilgan Qozoğiston fuqarosining qöl yuklari tekşirilganda, 8 dona turli xil şirinliklar qadoği va 5 dona plastmassa idiş içiga yaşirilgan jami 4,4 kilogramm «mefedron» sintetik narkotik moddasi aniqlangan.

Şundan söng ötkazilgan tezkor tadbir davomida internet orqali faoliyat yurituvçi narkodökon boşqaruvçisining topşiriği bilan uşbu giyohvandlik vositasini poytaxtdagi mehmonxonalardan birida qabul qilib olgan Yangiyöl şahrida yaşovçi, 2006 yilda tuğilgan şaxs ham uşlandi.

Tekşiruv jarayonida mahalliy fuqaro yonidan pnevmatik pistolet ham topilib, belgilangan tartibda rasmiylaştirib olindi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, ularga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllandi. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.