Markaziy bank sentabr oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga köra, aholining inflatsiya böyiça yillik kutilmalari 13,3 foizni taşkil qilib, avgust oyiga nisbatan 0,2 foiz bandga oşgan.

Aholi kelgusida narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursi özgarişi (50 foiz);
  • yoqilği va energiya narxlarining qimmatlaşişi (47 foiz);
  • kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (45 foiz);
  • iş haqi va nafaqalarning oşişi (39 foiz).

Sentyabr oyida kelgusida narxlarga bosim ötkazişi mumkin bölgan asosiy omil sifatida valuta kursining özgarişini qayd etgan respondentlar uluşi köpaygan.

Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari

Sentyabr oyi yakunlari böyiça kelgusi 12 oy uçun narxlar ösişiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 12,6 foizni taşkil qilib, ötgan oyga nisbatan 0,1 foiz bandga pasaygan.

Biznes vakillari narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:

  • valuta kursining özgarişi (51 foiz);
  • kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (46 foiz);
  • yoqilği va energiya narxlarining qimmatlaşişi (44 foiz);
  • iş haqi va nafaqalarning oşişi (38 foiz).

Valuta kursining özgarişini inflatsiyaga asosiy sabab böladi deb hisoblovçi tadbirkorlarning uluşi ham oşgan.

Sörovnomada qatnaşganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma savdo (14 foiz) sohasida işlovçilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani qişloq xöjaligi sohasi vakillari (11,3 foiz) belgilagan. Tadbirkorlik sub’yektlari orasida eng pessimistik kutilma soğliqni saqlaş (13,6 foiz) sohasiga, eng optimistik kutilma esa kafe va restoran (11,3 foiz) sohasiga töğri kelgan.

Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahri (15,2 foiz) va Surxondaryo viloyatida (14,4 foiz) kuzatilgan bölsa, eng past körsatkiç Qoraqalpoğiston (12,2 foiz) va Qaşqadaryo viloyatida (12,4 foiz) qayd etilgan. Öz navbatida tadbirkorlarning kutilmalari Toşkent (14,4 foiz) va Jizzax viloyatlarida (14,3 foiz) baland, Qoraqalpoğistonda (10,7 foiz) esa eng past bölgan.

Daromadlari 15 mln söm va undan yuqori bölgan aholining inflyatsion kutilmalari respublika böyiça eng yuqori darajada şakllangan – 15,8 foiz. Toşkent şahrida 17 foiz va undan yuqori inflatsiya kutayotganlar uluşi 36 foizga yetgan.