Markaziy bank yanvar oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga köra, aholining inflatsiya böyiça yillik kutilmalari 0,5 foiz bandga pasayib, 13,1 foizni taşkil qilgan.
Aholi kelgusida narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- valuta kursi özgarişi (55 foiz);
- yoqilği va energiya narxlarining qimmatlaşişi (49 foiz);
- kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (39 foiz).
- iş haqi va nafaqalarning oşişi (32 foiz);

Yanvar oyida valuta kursidagi özgarişlarning narxlar oşişiga ta’sirini qayd etgan respondentlarning uluşi kamaygan bölsa, yoqilği hamda energiya narxidagi özgarişlarni va kommunal xizmatlar qimmatlaşişini asosiy omil sifatida körsatganlar uluşi sezilarli köpaydi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari
Yanvar oyi yakunlari böyiça kelgusi 12 oy uçun narxlar ösişiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 12,7 foizni taşkil qilib, ötgan oyga nisbatan 1 foizga kamaygan.
Biznes vakillari narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- valuta kursining özgarişi (59 foiz);
- yoqilği va energiya resurslarining qimmatlaşişi (43 foiz);
- kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (35 foiz);
- iş haqi va nafaqalarning oşişi (28 foiz).

Xomaşyo narxlari va transport xarajatlarining qimmatlaşişini narxlarga oşiruvçi bosim körsatişi mumkin bölgan asosiy omil sifatida qayd etgan tadbirkorlar uluşi oşgan bölsa, iş haqi va nafaqalar oşirilişi hamda valuta kursi özgarişini inflatsiyaga asosiy sabab böladi deb belgilaganlar salmoği kamaygan.
Sörovnomada qatnaşganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma pensionerlar (15,2 foiz) va işlab çiqariş (15,1 foiz) sohasida işlovçilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani savdo sohasida faoliyat yurituvçilar belgilagan. Tadbirkorlik sub’yektlari orasida eng pessimistik kutilma madaniyat (13,9) sohasiga, eng optimistik kutilma esa hunarmandçilik (11,1) sohasiga töğri kelgan.
















