Xalqaro valuta jamğarmasi Özbekistonning de-fakto valuta kursini “sekin özgaruvçi” (crawl-like) rejimdan “suzuvçi” (floating) rejimga qayta tasnifladi.

Bu haqda XVJ missiyasining Özbekistonga 2026 yilgi taşrifi yakunlari böyiça hisobotida ma’lum qilingan.

Qayd etilişiça, 2025 yil aprelidan boşlab valuta kursi moslaşuvçanligi oşganidan kelib çiqib, Özbekistonning de-fakto valuta kursi 2025 yil 8 maydan e’tiboran “suzuvçi” rejimda deya e’tirof etilgan.

Xalqaro taşkilotga köra, iqtisodiyotning taşqi şoklarga çidamliligini oşiriş, xalqaro zaxiralarni asraş, valuta risklarini suğurtalaş (hedjirlaş)ni rağbatlantiriş hamda inflyatsion targetlaş rejimi samaradorligini ta’minlaş maqsadida valuta kursining “suzuvçi” rejimini saqlab qoliş tavsiya etiladi.

Şu maqsadda XVJning Pul-kredit va kapital bozorlari departamenti tomonidan valuta bozori faoliyatini takomillaştiriş böyiça berilgan texnik kömak tavsiyalarini amalga oşiriş, jumladan, ixtiyoriy intervensiyalar uluşini kamaytiriş uçun xavflarga asoslangan, aniq belgilab qöyilgan valuta intervensiyasi strategiyasini joriy etiş tavsiya etilgan.

Ta’kidlanişiça, valuta bozori likvidligini çuqurlaştiriş likvidlikni yanada samarali boşqariş imkonini beradi hamda sterilizatsiya xarajatlarini kamaytiradi.