Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Toşkent şahrining boş rejasi loyihasi bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, bugungi kunda şahar hududi 43 ming 822 gektar, aholi soni 3 milliondan ziyod. Kelgusida bu miqyos yanada oşib boradi. Şu bois Toşkent şahrining 2045 yilgaça bölgan davrga möljallangan boş rejasi loyihalaştirildi.
Davlat rahbari bu boradagi ilk işlanmalar bilan 2022 yilda tanişgan edi. Unda berilgan körsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillaştirildi. “ToşkentboşplanLITI” korxonasida Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda puxta iş olib borildi.
Loyihaga köra, Toşkent şahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi. Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yaşil hududlar özgarişsiz qoladi. Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qöşimça qurilişlar qiliş mumkin böladi. Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar örnida yangi qurilişlar va ta’mirlaş amalga oşiriladi.

Bugungi kunda ekologiya va transport muammolari dolzarb bölib bormoqda. Xususan, oxirgi ön yilda Toşkentdagi havo harorati örtaça 1 daraja kötarilgan. Ba’zi kunlarda atmosferadagi ifloslantiruvçi moddalar me’yordan ortiq bölmoqda. Avtomaşinalar ham kun sayin köpayib, yöl harakati qiyinlaşib bormoqda.
Şu bois yangi boş rejada bu masalalar inobatga olingan. Jumladan, Toşkent şahri va uning atrofidagi yaşil hududlar 3 karra köpaytirilib, 25 ming gektarga yetkazilişi belgilanmoqda. Bu orqali aholi jon boşiga töğri keladigan yaşil maydon hozirgi 3 kvadrat metrdan 6 kvadrat metrga oşadi.
Şaharsozlik talabiga köra, aholi öz yaşaş joyidan eng yaqin boğça, maktab, şifoxona, savdo va xizmat körsatiş obektlarigaça köpi bilan 15 daqiqada yetib bora olişi kerak. Şu bois jamoat transporti tarmoği kengaytirilib, boğlamlar va bekatlar köpaytiriladi. Yangi yöllar qurilib, metrobus yönalişlari taşkil etiladi.

Sönggi yillardagi ösiş natijasida Toşkentda elektr energiyasi, suv va oqova infratuzilmasi yuklama bilan işlayapti. Boş reja loyihasida bu quvvatlarni oşiriş manbalari ham hisob-kitob qilingan.
Boş reja tasdiqlangaç, uning xaritalari Şaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida hamda Toşkent şahar hokimligi veb-saytida oçiq ma’lumot sifatida joylaştiriladi.
Davlat rahbari Toşkent şahrini kamida 7,5 million odam yaşaşi va işlaşi uçun qulay şaroitga ega yirik megapolisga aylantiriş zarurligini ta’kidladi. Toşkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqori Çirçiq, Örta Çirçiq va Toşkent tumanlarini poytaxt bilan yaxlit aglomeratsiya asosida rivojlantiriş böyiça topşiriqlar berdi.












