Hujjat Suv xöjaligi vazirligi va uning tizimidagi taşkilotlar faoliyatini tartibga soliş, ularning asosiy vazifalari va funksiyalarini prezidentning "Suv xöjaligida zamonaviy boşqaruv tizimini joriy qiliş va rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaş töğrisida"gi farmoniga muvofiq belgilaş maqsadida qabul qilingan.
Suv xöjaligini boşqarişni isloh qilişning asosiy yönalişlari quyidagilardan iborat:
● Suv xöjaligi vazirligi tuzilmasini yuqori, örta va quyi böğinlarga ajratiş yöli bilan taşkil etiş, funksiyalarini aniq körsatgan holda;
● Vazirlikning Yagona suv balansi va kadastrini yuritiş böyiça vakolatlarini belgilaş;
● Suvdan foydalaniş va uni muhofaza qiliş ustidan davlat nazoratining samaradorligini oşiriş;
● Sohaning strategik va innovatsion ğoyalar, ilmiy asoslangan takliflar va taşabbuslar asosida rivojlanişini ta’minlaş;
● Suv xöjaligi obektlarining xususiy sektor uçun jozibadorligini oşiriş;
● Suvdan foydalaniş uçun ruxsat beriş tizimini soddalaştiriş;
● Mehnatga haq tölaş tizimini takomillaştiriş hisobiga sohaga malakali mutaxassislarni jalb qiliş va kadrlar qönimsizligini kamaytiriş;
● Yirik suv xöjaligi obektlarini quriş böyiça loyiha hujjatlarini işlab çiqiş tizimini tubdan isloh qiliş va tarmoq loyiha institutlarini faollaştiriş.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
● Suv xöjaligi vazirligi töğrisidagi nizom;
● Suv xöjaligi obektlarini ekspluatatsiya qiliş agentligi töğrisidagi nizom;
● Suv xöjaligi loyihalarini amalga oşiriş departamenti töğrisidagi nizom;
● Suv xöjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oşiriş markazi töğrisidagi nizom;
● Suv xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom;
● Suv xöjaligi vazirligi va uning tizimidagi taşkilotlar xodimlariga iş haqi va moddiy rağbatlantiriş tölovlari tölaş tartibi töğrisidagi nizom;
● Suv xöjaligi vazirligi va uning tizimidagi budjet taşkilotlari röyxati, şuningdek Suv xöjaligi loyihalarini amalga oşiriş departamenti tizimidagi "Suvqurilişinvest" davlat muassasalari röyxati;
● "Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi a’loçisi" kökrak nişoni töğrisidagi nizom, nişonning tavsifi va uning guvohnomasi;
● Suv xöjaligi vazirligi va uning tizimiga kiruvçi budjet taşkilotlariga xizmat avtomobillarini biriktiriş qoidalari;
● "Termiz suv yöllari texnik uçastkasi", "Xöjayli suv yöllari texnik uçastkasi" va "Çoliş suv yöllari texnika bölimi" davlat muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlaş böyiça 2024-2027 yillarga möljallangan çora-tadbirlar dasturi.












