DW xabariga köra, mahalliy hokimiyat, «Kievvodokanal» hamda «Ukrenergo» milliy energetika kompaniyasi taʼminotdagi uzilişlar haqida maʼlum qilgan.
«Ukrenergo» yuz bergan hujumni Ukraina energetikasiga qilingan eng yirik hujumlardan biri deb baholagan. Kompaniya maʼlumotlariga köra, Rossiya ötgan bir sutkada energetika obyektlariga 20-martadan ortiq maqsadli zarba bergan.
«Kievda elektr taʼminoti bilan boğliq vaziyat juda murakkab», - degan şahar meri Vitaliy Kliçko.
Uning aytişiça, sönggi kunlardagi hujumlar oqibatida Kiev mintaqaviy energetika tizimidagi obyektlar şikastlangan. Şu sababli «Ukrenergo» elektr energiyasini favqulodda tartibda öçiriş çorasini joriy etgan.
Kliçkoning bildirişiça, vaziyat eng oğir bölgan tumanlarda aholi uçun maxsus isiniş punktlari taşkil etilmoqda. U yerda odamlar isinişi va telefon hamda boşqa qurilmalarini quvvatlaşi mumkin.
Kiev şahar davlat maʼmuriyatining maʼlum qilişiça, 3-noyabr oqşomidan tramvay va trolleybuslar harakati töxtatilgan. Ularning ayrim yönalişlarida qöşimça avtobus qatnovlari yölga qöyilgan.
Tramvay va trolleybuslar harakatini energetika tizimidagi vaziyat barqarorlaşganidan söng tiklaş rejalaştirilmoqda.
Metro esa xabar berilgan paytda odatdagi tartibda işlayotgan bölgan. Biroq şahar maʼmuriyati uning keyingi faoliyati ham energetika tizimidagi vaziyatga boğliq bölişini bildirgan.
Kievdan taşqari, Ukrainaning boşqa hududlarida ham elektr taʼminoti bilan boğliq muammolar kuzatilgan. 3-noyabr kunduzi Sumi va Poltava viloyatlarida avariyaviy öçirişlarning maxsus jadvallari joriy etilgan.
Bunday tartibda isteʼmolçilarga elektr energiyasi qança vaqt bölmasligini aniq aytib bölmaydi.
Ukraina Energetika vazirligi maʼlumotlariga köra, öşa kuni ertalab elektr taʼminotidagi eng oğir vaziyat Vinnitsa, Jitomir va Xarkiv viloyatlarida qayd etilgan.
Şu vaqtda Kiev şahri, şuningdek, Kiev, Poltava, Sumi, Çernihiv, Çerkassi va Xarkiv viloyatlarida avariyaviy elektr uzilişlari haqida xabar berilgan.












