Rossiyaning Kriviy Rigga raketa hujumi oqibatida kamida 17 kişi jarohat oldi, ulardan 8 nafarining ahvoli örtaça oğirlikda. Bu haqda 20 oktyabr, yakşanba kuni şahar mudofaa kengaşi raisi Aleksandr Vilkul xabar berib, zarba 19 oktyabr kuni keçqurun ikki ballistik raketa bilan amalga oşirilganini körsatdi.
Dnipropetrovsk oblast harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning aniqlik kiritişiça, jabrlanganlar orasida 14 erkak va uç ayol bor. Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga köra, yaradorlardan biri qutqaruvçidir.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, 15 ta köp qavatli uy, 3 ta ta’lim muassasasi, 3 ta ma’muriy bino (tuman ijroiya qömitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş bölimi, Pensiya jamğarmasi), 7 ta tadbirkorlik obekti, mehmonxona, dökonlar, kafelar, çerkov, bank filiali va ofis binolari şikastlangan. Bundan taşqari, gaz quvuri, öttizga yaqin avtomobil, jumladan, uçta öt öçiriş maşinasi, uçta politsiya va tez yordam maşinasi zarar körgan. Qutqaruv operatsiyasi yakunlandi.
Rossiya Ukrainaga 135 ta hujumkor UUA bilan hujum qildi
18 oktyabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukraina hududiga 135 ta dron bilan hujum qildi, deb xabar berdi Ukraina Havo kuçlari Telegramʼda. «Duşman Ukrainaga Shahed tipidagi hujumkor uçuvçisiz uçoqlar va noma’lum turdagi dronlar bilan hujum qilmoqda», — deyiladi ertalabki xabarda. Uçirişlar yana Kursk, Orel va Primorsko-Axtarsk rayonlaridan amalga oşirildi.
Ukraina Qurolli kuçlari ma’lumotlariga köra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari Ukrainaning 14 oblastida 80 ta dronni urib tuşirişga muvaffaq bölgan, radioelektron kuraş tizimlarining işlaşi natijasida yana 44 ta dron Ukrainaning bir qator viloyatlarida «mahalliy ravişda yöqotilgan». Harbiy hisobot e’lon qilingan vaqtda Ukraina havo hududida önga yaqin dron bölgan va ikkitasi Belarusga uçib ketgan.













