22 oktyabr kuni Qozon şahrida Rossiya raisligida BRICS sammiti boşlanadi. Unda Braziliya prezidentidan taşqari guruhga kirgan deyarli barça davlat rahbarlari qatnaşadi. Tadbirda, şuningdek, BRICS a’zosi bölişga intilayotgan, lekin hali kirmagan Rossiyaga «döstona» davlatlar rahbarlari ham iştirok etadi. Meduza sammit iştirokçilari, maqsadi va rejalari haqida bayon qildi.
Qozondagi sammit 2022 yil fevralida Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan beri Rossiyada dunyo yetakçilarining eng yirik uçraşuvi böladi, deb yozdi CNN. Ğarb matbuoti Vladimir Putin BRICS taşkilotiga yangi a’zolarni jalb qilişga intilayotgani va şu tariqa Qöşma Ştatlar bilan uning ittifoqçilariga öz mamlakati hamon yakkalanib qolişdan yiroq ekanini körsatmoqçi bölayotganini ta’kidlamoqda. Biroq, guruh a’zolarining hammasi ham Ğarbga töğridan-töğri qarşilik körsatişga rozi emas va ekspertlarning fikriga köra, ularni Putinning qöllab-quvvatlaşidan köra köproq Xitoy iqtisodiyotining kuçi jalb qiladi.
Rasmiy ravişda BRICS sammiti Qozonda 22 oktyabrda oçildi, biroq rasmiy tadbirlar faqat ertasi kuni boşlanadi. Vladimir Putin BRICS a’zolarining barça yetakçilari bilan alohida uçraşuv ötkaziş niyatida, şuningdek, uyuşmaga hali a’zo bölmaganlar bilan, xususan, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan ham alohida uçraşmoqçi. Bundan taşqari, Putinning Falastin, Serbiya, Laos, Mavritaniya, Boliviya prezidentlari, şuningdek, BMT Boş kotibi va Viyetnam boş vaziri bilan uçraşişi rejalaştirilgan.
Hozir 9 ta davlat BRICS a’zosi hisoblanadi. Dastlab, taşkilot Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika iştirokida tuzilgan (va şuning uçun bu davlatlarning boş harflaridan iborat atamani olgan). 2024 yil 1 yanvarida yana törtta davlat – Misr, Eron, BAA va Efiopiya taşkilotga qöşildi. Guruhga Saudiya Arabistoni ham taklif qilingan, biroq u hali rasman qöşilmagan (garçi Kreml veb-saytida u «a’zo» sifatida taqdim etilgan bölsa ham).
Rossiya bu yil taşkilotga raislik qilmoqda. Vladimir Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov sözlariga köra, Qozondagi sammitda davlatlardan 36 ta va xalqaro taşkilotlardan 6 ta delegatsiya iştirok etadi. Guruhga a’zo mamlakatlar yetakçilaridan faqatgina öz qarorgohida boşidan jarohat olgan Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva sammitda qatnaşmaydi.
The Economist naşrining yozişiça, Putin uçun uşbu sammitning asosiy vazifalaridan biri - «jahon moliyasidagi AQŞ hukmronligiga zarba beriş» va «Rossiya va uning döstlarini sanksiyalardan himoya qiliş» uçun möljallangan BRICS Bridge deb nomlangan yangi global moliyaviy va tölov tizimini quriş.
Naşrning qayd etişiça, uşbu tizim mamlakatlarga öz markaziy banki tomonidan boşqariladigan raqamli platformalar yordamida transçegaraviy hisob-kitoblarni amalga oşiriş imkonini beradi. Rossiya uni bir yil içida qurişni rejalaştirmoqda.
Biroq, BRICS a’zolarining hammasi ham dollarga qaramlikni kamaytiriş va dollar tizimidan çiqiş uçun Rossiya kabi rağbatlarga ega emas, deb ta’kidlaydi Bloomberg. Masalan, Hindiston Xitoy yuanini muqobil zaxira valuta sifatida ilgari suriş urinişlarini rad etdi. Reuters xabariga köra, G7 mamlakatlari tomonidan narx çegarasi joriy qilinganidan keyin Rossiya neftining asosiy xaridorlari bölmiş Xitoy va Hindiston örtasida murakkab munosabatlar mavjud. Arab davlatlari va Eron örtasida yangi tizim böyiça ham kelişmovçiliklar mavjud.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlaşiça, BRICS doirasidagi hamkorlik «heç kimga yoki heç narsaga qarşi emas - na dollarga, na boşqa valutalarga». «Uning asosiy maqsadi — uşbu formatda iştirok etayotgan mamlakatlar manfaatlarini ta’minlaş», dedi Peskov.
Taşkilotni yanada kengaytiriş masalasi ham munozarali, deb yozdi Bloomberg. Bir qança davlatlar, jumladan Malayziya, Venesuela, Tailand, Ozarboyjon, Belarus va boşqa önlab davlatlar guruhga qöşiliş istagini bildirgan. Sentyabr oyida Turkiya ham rasmiy ariza topşirdi. Bloomberg ma’lumotlariga köra, Turkiya Yevropa Ittifoqiga bölgan uzoq muddatli yölida oldinga siljiş yöqligidan hafsalasi pir bölgan. Biroq, Hindiston hali ham yangi a’zolarni qabul qilişga qarşi va ovoz beriş huquqisiz «hamkor davlatlar» toifasini joriy etişni qöllab-quvvatlaydi. Çunki BRICS Xitoy va Rossiya hukmronlik qiladigan antiamerika taşkilotiga aylanişini istamaydi. Bu pozitsiyani Braziliya va Janubiy Afrika ham qöllab-quvvatlamoqda. Janubiy Afrika rasmiylari, şuningdek, Nigeriya yoki Marokaşni ittifoqqa taklif qiliş orqali öz mamlakati ta’sirini susaytirişga urinişlarga qarşilik körsatişini aytmoqda.
The New York Times gazetasi yozganidek, Rossiya şunga qaramay, «Ğarb ta’siri ostida bölmagan dunyo tartibini şakllantiradigan» koalitsiya quriş uçun taşkilotga yangi iştirokçilarni jalb qilişga umid boğlamoqda. Berlindagi Karnegi Yevroosiyo markazi direktori Aleksandr Gabuyev sözlariga köra, Ukrainadagi uruş Putin uçun eski dunyo tartibini yöq qilişning «nayzasi» böldi va BRICS yangi tartibni barpo etişda eng kuçli tuzilma rolini öynaydi.
Biroq, The Washington Post ta’kidlaganidek, barça iştirokçilar Ğarbga sözsiz qarşilik körsatişga tayyor emas. Masalan, BAA, deb yozdi Bloomberg, BRICS taşkilotiga a’zolikni global janubning Ğarbga qarşiligi belgisi sifatida körsatişga urinişlarni butunlay rad etadi - arab mamlakati AQŞ bilan juda yaxşi munosabatlarga ega.
The Washington Post naşrining ekspertlar orasida ötkazgan söroviga köra, BRICS boşqa davlatlarni Xitoyning qudratli iqtisodiyoti va Ğarb bilan munosabatlardagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli jalb qilmoqda, Vladimir Putinni qöllab-quvvatlaş yoki uning Ğarbga qarşi ritorikasi tufayli emas.
Şunga qaramay, Putin, bir qança naşrlar ta’kidlaganidek, BRICS sammitini ötkaziş orqali Rossiya hali ham yakkalanib qolişdan yiroq ekanini körsatmoqçi. Bundan taşqari, CNN yozganidek, Putin va Si Jinping aynan Ğarb özining sanksiyalari va ittifoqlari bilan yakkalanib qolmoqda, «global köpçilik» esa Rossiya va Xitoyning AQŞ rahbariyatiga qarşi çiqiş istagini qöllab-quvvatlamoqda, degan fikrni bildirmoqçi.












