Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Qozon şahriga keldi.

Aeroportda davlat rahbarini Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov, Qozon şahri meri Ilsur Metşin va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Bugun Özbekiston prezidenti qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazişi hamda BRIKS sammitining protokol tadbirlarida iştirok etişi közda tutilgan.

Şavkat Mirziyoyev dastlab Hindiston boş vaziri Narendra Modi bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda Özbekiston-Hindiston strategik şeriklik munosabatlari va köp qirrali hamkorligini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika, farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari böyiça dastur va loyihalarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi va biznes forumini ötkaziş, şuningdek, sanoat kooperatsiyasi böyiça örta muddatli dastur qabul qilişga kelişib olindi.

Mamlakatlarimizda Madaniyat va kino kunlarini, tibbiyot va sport sohalarida hamda yoşlar iştirokida, şu jumladan yoşlarning parlament taşkilotlari doirasida qöşma tadbirlar ötkaziş taklifi bildirildi.

Yetakçilar bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

Şuningdek, Qozon şahriga taşrifning birinçi kunida Özbekiston prezidenti Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan ham uçraşuv ötkazdi.

Özbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş böyiça dolzarb masalalar atrofliça körib çiqildi.

Ikki davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar sohalardagi köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladilar.

Prezidentlar faol muloqotlar va samarali almaşinuvlarni davom ettiriş zarurligini qayd etdilar.

Geologiya va mineral resurslarni qazib çiqariş, elektrotexnika, maşinasozlik, soğliqni saqlaş, ta’lim va boşqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qöşma madaniy-gumanitar tadbirlarni muntazam ötkazib boriş zarurligi ta’kidlandi.

Yetakçilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almaşdilar.

Ertaga «BRIKS plyus» formatidagi sammitning asosiy yiğilişi bölib ötadi.