Taşrif davomida universitet prorektori, professor Imoil Karaş bilan muzokara ötkazildi. Unda Karabyuk universiteti huzurida "Özbek tili tadqiqotlari markazi"ni oçiş töğrisida kelişuvga erişildi.
Prorektor Imoil Karaş bugungi kunda mazkur oliy ta’lim muassasasida 10 mingdan ziyod xorijiy talaba tahsil olayotganini ma’lum qildi va özbekistonlik talabalarning örni muhim ekanligini bildirdi. Mamlakat talabalari öqiş jarayonida yuqori körsatkiçlarga erişib, universitet ijtimoiy hayotida ham faol ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi.
"Özbekiston rahbariyatining xorijiy mamlakatlarda özbek tili markazlarini oçiş böyiça sa’y-harakatlari qöllab-quvvatlaymiz. Özbek tili va adabiyotiga bölgan yuqori qiziqişni inobatga olib, universitetimiz huzurida "Özbek tili tadqiqotlari markazi"ni oçişga qaror qildik. Yaqin kelajakda markazning tantanali oçiliş marosimini ötkazamiz", - dedi Imoil Karaş.












