Bir neça ming KXDR harbiy xizmatçisi Rossiyaning Kursk oblastiga yetib bordi, ular rossiyalik harbiylar bilan birga Ukraina Qurolli kuçlariga qarşi jangovar harakatlarda qatnaşişi mumkin. Bu haqda The New York Times Ukraina va ikki amerikalik rasmiyga tayanib xabar berdi.
Naşr suhbatdoşlariga köra, KXDR xalq armiyasining elita bölinmasi harbiy xizmatçilari 23 oktyabrdan buyon Kursk oblasti ğarbiy qismiga joylaşgan. Har kuni qöşimça kuçlar yetib kelmoqda, 28 oktyabrga qadar oblastga beş minggaça harbiy yetkazilişi kutilmoqda. KXDR askarlari Il-76 transport samolyotlarida Uzoq Şarqdan olib ketilmoqda.
KXDR harbiylari hali jangga kirgani yöq va Rossiya qömondonligi ularga qanday vazifa yuklaşi, masalan, ular Ukraina hududiga yuboriladimi yoki yöqmi, hozirça aniq emas.
Naşrning qayd etişiça, KXDR qöşinlari 1950 yillardan beri uruşlarda qatnaşmagan va şuning uçun hatto elita bölinmalarining jangovar samaradorligi şubhali.
Ğarb ommaviy axborot vositalari va Janubiy Koreya razvedkasi avvalroq KXDR rasmiylari Ukraina bilan uruşda Rossiyani qöllab-quvvatlaş uçun öz harbiylarini yuborişga qaror qilgani haqida xabar bergan edi. Razvedka ma’lumotlariga köra, Şimoliy Koreyaning 12 ming askari yuborilgan. KXDR askarlari allaqaçon maşğulotlar uçun Uzoq Şarqqa jönatilgan. Pentagon rahbari Lloyd Ostinning aytişiça, Qöşma Ştatlar Şimoliy Koreya qöşinlari Rossiyada ekanligiga oid dalillarni olgan, ammo ularning nima qilayotgani noma’lum.
Vladimir Putin KXDR askarlarining Rossiya tomonidan uruşda iştirok etişini tasdiqlamadi, biroq 24 oktyabr kuni BRICS sammiti yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida jurnalistning sun’iy yöldoşdan olingan suratlarda KXDR harbiylari borligi haqidagi savoliga javob berarkan: «Rasmlar jiddiy narsa. Agar suratlar bölsa, demak, ular nimanidir aks ettiradi», degan edi.












