Xitoylik hakerlar Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp hamda uning vitse-prezidenti lavozimiga nomzodi, Ohayo ştati gubernatori Devid Vensning telefon orqali muloqotiga oid ma’lumotlarni qölga kiritişga urindi, deb xabar beradi The New York Times gazetasi.

Joriy hafta Trampning saylovoldi kompaniyasi Oq uy sobiq rahbari hamda Jyeyms Vens, şuningdek, hukumatdagi qator amaldorlarga telefon raqamlari orqali hakerlik hujumlari uyuştirilganidan xabardor qilingan.

Kiberhujumga Demokratlar partiyasi vakillari, xususan, Nyu-York ştatidan saylangan senator Çak Şumer hamda partiyaning prezidentlikka nomzodi Kamala Harris atrofidagi insonlar ham uçragan.

Federal qidiruv byurosi siyosatçilarga telekommunikatsion infratuzilma orqali noqonuniy kiberhujum uyuştirilgani va bu Xitoy bilan boğliqligini tasdiqlagan. Dpa agentligi ma’lumotlariga köra, mobil aloqa xizmatini taqdim etuvçi qator Amerika kompaniyalari hakerlar hujumiga uçragani bir neça hafta oldin ma’lum bölgan.

NYT’ning yozişiça, hakerlik hujumi keng kölamli razvedka operatsiyaning bir qismi bölişi mumkin. Endi tergov jinoyatçilar qanday ma’lumotlarni qölga kiritganini aniqlaşga urinmoqda.